«Inter» «Real»ning ikki futbolçisi, yarim himoyaçi Xames Rodriges va himoyaçi Pepeni öz safiga qöşib olişga yaqin. Bu haqda Sportitalia xabar tarqatdi.
Manba ma'lumotiga köra, tomonlar faol tarzda muzokara ötkazişmoqda va neradzurrilar jamoasi katta transferlar amalga oşiriş arafasida.
Pepening «Real» bilan şartnomasi şu yilning yoziga qadar edi va u milanliklar jamoasi safiga erkin agent sifatida yöl olişi mumkin.
Xamesning «qaymoqranglilar» bilan kelişuvi muddati 2020 yilgaça, ammo futbolçi jamoadagi raqobat tufayli boşqa jamoaga ketmoqçi. «Real» bu kolumbiyalik futbolçini 2014 yilda 75 mln yevroga xarid qilgandi.
Avvalroq Jorjye Mendeşning mijozi bölgan bu futbolçi «Mançester Yunayted»ga ötişi haqida xabarlar tarqalgandi.
Primeraning yakunlangan mavsumida Rodriges 22 uçraşuvda maydonga tuşib, 8 gol urdi va 6 golga uzatma berdi. Pepe esa 13 öyinda 2 gol urib, bitta golga hammuallif böldi.
«Inter» «Real»ning yana bir himoyaçisi Daniloga qiziqiş bildirmoqda, bu futbolçi uçun «Arsenal» va «PSJ» ham da'vogar.








