Toşkent hayvonot boğiga kiriş çiptalari narxi kattalar uçun 10 ming sömga, bolalar uçun esa – 6 ming söm etib belgilanmoqda. Bu haqda hayvonot boği ma'muriyati xabar berdi.

Aytilişiça, Toşkent hayvonot boği kiriş çiptalari narxi 2017 yil 1 iyundan özgarişi hayvonot boğida saqlanayotgan noyob va ekzotik, qizil kitobga kiritilgan jonivorlarning ozuqa mahsulotlari, dori vositalari, yoqilği-moylaş mahsulotlari, kommunal tölovlari, ya'ni elektr energiya, suv va oqava, tabiiy gaz tölovlari 2014 yildan buyon bir neça marotaba oşganligi hamda Özbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2017 yil 22 maydagi 01-11-08-1490 sonli xatiga asosan amalga oşirilgan.

2017 yilning 1 iyunidan Toşkent hayvonot boğiga kiriş çiptalari narxi quyidagiça köriniş oladi:

- Nogironlar uçun - bepul;
- 7 yoşgaça bolalar uçun - bepul;
- Muddatli xarbiy xizmat ötayotganlar uçun - 6 000 söm;
- 7 yoşdan 16 yoşgaça bolalar uçun - 6 000 söm;
- 16 yoşdan kattalar uçun - 10 000 söm;