Yevropa kengaşi raisi Donald Tusk Italiyada ötkazilayotgan G7 sammiti vaqtida aytdiki, rasmiy Moskva Rossiyaga qarşi sanksiyalar bekor qilinişi uçun heç qanday harakatni amalga oşirmagan. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.
«Yaponiyada ötkazilgan "Katta yettilik" sammiti [2016 yilda] vaqtidan buyon biz Rossiyaga nisbatan siyosatimizni özgartirişimiz uçun heç qanday harakat körmadik. Şu tufayli men G7 yetakçilarini şu siyosatni davom ettirişga çaqiraman», — degan u Sitsiliyada jurnalistlarga.
Tusk sanksiyalar böyiça ziddiyatni faqat Minsk kelişuvlarini bajariş yöli bilan hal qiliş mumkinligini eslatib ötgan.
Yevropa Ittifoqi, AQŞ va bir qator davlatlar Rossiya bilan munosabatlarda 2014 yilda sanksiyalar qöllagan, bunga Rossiya Qrimni öz tarkibiga qöşib olişi sabab bölgandi. Keyinroq Ukraina janubi-şarqida röy bergan qurolli töqnaşuvlar bu sanksiyalarning kuçaytirilişiga olib keldi. Bunga javoban Moskva Rossiyaga qarşi sanksiyalarni qöllab-quvvatlovçi tomonlardan eksportni taqiqladi.
Ğarb davlatlari Moskvadan Mins kelişuvlariga amal qilişni talab etib keladi — bu Ukraina janubi-şarqida vaziyatni barqarorlaştirişga qaratilgan. Bu kelişuv hududda öt oçişni töxtatişni, qurolli kuçlarni olib ketişni va Ukrainada konstitutsiyaviy islohotlar ötkazilişiga zamin yaratişni va boşqa majburiyatlarni nazarda tutadi. Bu kelişuvning köplab punktlari bajarilmay qolmoqda.
Moskva bir neça marta bu ziddiyatga aloqador emasligini ta'kidlagan va Minsk kelişuvini Kiyev tomoni bajarmayotganini iddao etgan. Bundan taşqari, Rossiyadagilar Qrimning qöşib olinişi xalqaro normalarga zid emasligi ta'kidlanadi.












