Mazkur qaror Yevropaga qarşi gibrid xurujlar xavotirli darajada köpaygani fonida qabul qilindi, deb xabar berdi Euronews.
7-oktabr kuni elçilar tomonidan Bryusselda erişilgan kelişuv Moskvaning Ukrainaga keng kölamli bosqinini qöllab-quvvatlaşda ayblanayotgan 743 nafar jismoniy şaxs va 826 ta taşkilotga daxldor.
Elçilar bir neça haftalik muhokama va yuridik tekşiruvlardan söng kelişuvga erişdi. Ismlar soni juda köp bölgani bois tekşiruv jarayoni, ayniqsa, qizğin keçdi. Taşqi işlar vazirlari Lyuksemburgda töplangaç, kelişuv rasman tasdiqlanadi. Şundan keyin sanksiyaga uçragan şaxslar va taşkilotlar röyxati jamoatçilikka eʼlon qilinadi.
Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar haqida yana nimalar maʼlum?
Maʼlum qilinişiça, sanksiyalar kirişni taqiqlaş, aktivlarni muzlatiş va moliyaviy resurslar ajratişni man etişni közda tutadi. Taʼkidlanişiça, YEI aʼzo davlatlari birin-ketin sodir etilayotgan hamda ayrimlari Rossiya tomonidan uyuştirilgani aytilayotgan gibrid xurujlar fonida yakdillik namoyiş etiş maqsadida kelişuvni tezroq yakunlaşga harakat qilgan.
Germaniyaning Leypsig aeroportidagi dron bilan boğliq hodisadan söng yangi sanksiyalar röyxati ustidagi işlar allaqaçon boşlab yuborilgan.
«Mamlakatlar sanksiyalar röyxatiga kiritilişi kerak bölgan nomlarni taklif qilişda erkin. Biroq yakuniy qarorni baribir YEI davlatlari qabul qiladi», – dedi YEI Oliy vakili Kaya Kallas.

















