DW xabariga köra, Donald Tusk 11-oktabr kuni X ijtimoiy tarmoğida uşlaş haqida maʼlum qilgan.
«Hujum qiliş bilan tahdid qilgan erkak uşlandi. Politsiya xodimlariga tezkor va qatʼiy harakatlari uçun minnatdorlik bildiraman», - deb yozgan Polşa boş vaziri.
Içki işlar vaziri Marçin Kervinskiy TVP Info efirida huquqni muhofaza qiluvçi organlar gumonlanuvçining aloqalari va internetdagi faoliyatini tekşirayotganini aytgan. Vazirlik matbuot kotibi Karolina Galetskaya esa uning uyida tintuv ötkazilayotganini bildirgan.
Bundan avval Polşa Içki xavfsizlik agentligining terrorizmga qarşi kuraş markazida şoşilinç yiğiliş bölib ötgan. AFP maʼlumotiga köra, unda politsiya, hukumat aʼzolari xavfsizligiga masʼul Davlat qöriqlaş xizmati va Içki xavfsizlik agentligi vakillari qatnaşgan.
Kuç tuzilmalari vakillari uşbu işga jiddiy yondaşayotganini taʼkidlagan.
Kervinskiyning aytişiça, ehtimoliy suiqasd tayyorgarligiga xorijdan aloqadorlik borligi haqida gapirişga hali erta. U dastlabki maʼlumotlarga köra, gumonlanuvçi «öta radikal doiralar» bilan boğliq bölişi va turli şaxslar bilan aloqa qilgan bölişi mumkinligini bildirgan.
Donald Tusk 2023-yil dekabrdan Polşa boş vaziri lavozimida işlab kelmoqda. Vladislav Kosinyak-Kamiş esa mudofaa vaziri böliş bilan birga, boş vazir örinbosari ham hisoblanadi.
Polşa Ukrainaning Yevropadagi asosiy hamkorlaridan biri bölib, Kiyevga harbiy va gumanitar yordam yetkazib berişda muhim tranzit mamlakat vazifasini bajaradi.
Tusk sentabrda razvedka maʼlumotlariga tayanib, Rossiya Ukrainani qöllab-quvvatlayotgan davlatlarga, jumladan, Polşaga qarşi dronlar va raketalardan foydalangan holda gibrid hujumlar rejalaştirayotgani haqida ogohlantirgan edi. Varşava Moskvani bir neça bor diversiyalarda ayblagan, Rossiya rasmiylari esa bu ayblovlarni rad etgan.
Biroq hozirgi işning Rossiya yoki boşqa xorijiy davlat bilan boğliqligi tasdiqlangani haqida maʼlumot berilmagan.













