Hindiston kosmik tadqiqotlar taşkiloti (HKTT) iyun oyining dastlabki kunlarida oğir mahalliy raketa taşuvçisi sinovini ötkazişni rejalaştirmoqda. NDTV telekanalining xabar berişiça, yangi raketa milliy boşqariluvçi kosmik dasturni amalga oşiriş imkonini beradi.
GSLV MK-III taşuvçisi (yoki LVM3 - Launch Vehicle Mark-3) 8 tonnaga yaqin foydali yukni orbitaga olib çiqişga qodir. Manbada ta'kidlanişiça, bu Hindistonda işlab çiqarilgan eng qudratli va oğir raketadir. Uning oğirligi 200 fil oğirligi (640 tonnadan ortiq)ga töğri keladi va u töliq hind texnologiyalari asosida işlab çiqilgan.
Taşuvçining birinçi parvozi muvaffaqiyatli keçsa, yaqin kelajakda uning yordamida kosmosga Hindiston hududidan Hindiston raketasida Hindiston ekipaji yöllanadi. Mazkur reja muvaffaqiyatli ötsa, Hindiston Rossiya, Xitoy va AQŞdan keyin kosmik kenglikka insonlarni mustaqil çiqara oladigan dunyoning törtinçi mamlakati böladi. Yangi taşuvçi yordamida şuningdek turli maqsadlardagi sun'iy yöldoşlar ham orbitaga olib çiqiladi.












