Moskva şahri va Moskva viloyatida 29 mayda kuzatilgan dovul oqibatida 11 kişi halok bölgan. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda. Dastlab 6 kişi halok bölgani ma'lum qilingan. Odamlar ustlariga daraxtlar va boşqa buyumlar qulaşi oqibatida halok bölganlar.
Mahalliy vaqt bilan soat 15:00larda tezligi 22 m/c ga yetgan şamol bilan jala boşlangan. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari şamol daraxtlarni va tomlardagi yopmalarni qöporib taşlayotgani videolarini joylaştirişgan. Rossiya Gidrometsentrining prognoziga köra, şunday ob-havo 30 may kuni ham saqlanib qoladi, 31 may kuni ham jala yoğişi mumkin.

Şuningdek, havo harorati 2 soat içida 10 gradusga tuşib ketgan: dovul boşlangungaça havo harorati 25,3 gradus bölgan bölsa, 17:00 ga kelib u 15 gradusni taşkil qilgan.
Öz navbatida Moskva meri Sergey Sobyanin dovuldan keyin 40 dan köproq odam tibbiy yordam sörab şifoxonalarga murojaat qilganini ma'lum qilgan.

"Dovul oqibatida halok bölganlar bor, 40 dan köproq odam tibbiy yordam sörab murojaat qilgan. Halok bölganlar oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman", deb yozgan Sobyanin tvitterda.
Moskva şahri va Moskva viloyatida şamol kuçayotgani va momaqaldiroq yaqinlaşayotgani sababli xavflilikning "sariq" darajasi e'lon qilingan.

Ta'kidlanişiça, kuçli şamol Moskva viloyatining Şaxov tumanidagi tuğuruqxonaning tomini uçirib yuborgan. Şuningdek, kuçli şamol Moskva köçalaridan biridagi avtobus bekatini qöporib taşlagan. Qöporilgan bekat bir odamni bosib qolgan.












