Moskva ma'muriyati 29 may kuni şaharda yuz bergan dovul oqibatida halok bölganlar oilalariga 1 mln rubldan tovon puli tölaydi. Bu haqda şahar meri Sergey Sobyanin 29 may kuni N.V.Sklifosovskiy nomidagi tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga taşrifi vaqtida ma'lum qildi.
"Halok bölganlar oilalariga bir milliondan tölaymiz. Tegişli qaror ertaga hukumat yiğilişida qabul qilinadi", deb aytdi Moskva meri va dovuldan jarohat olganlarga ham tovon puli tölanişini qöşimça qildi.
"Moskvada fojiali voqealar yuz berdi, tabiiy ofat, dovul oqibatida 11 kişi halok böldi va 70 kişi jiddiy jarohat oldi. Jarohatlanganlarga tegişli tibbiy yordam körsatilmoqda. Ertaga Moskva hukumati yiğilişida moliyaviy kompensatsiya beriş haqida qaror qabul qilinadi, biroq, afsuski, heç qanday pullar bilan insoniy yöqotişlarni, odamlar fojiasini qoplab bölmaydi. Men halok bölganlar oilalariga va jarohatlanganlarga hamdardlik bildiraman", deb aytgan Sobyanin.
Mer institutga keltirilgan jabrlanganlar bilan muloqot qilib, ularga tez fursatda soğayib ketişlarini tilab qolgan.
Ma'lum qilinişiça, institutga keltirilgan jabrlanuvçilarda köplab lat yeyişlar, turli jarohatlar qayd qilingan.
Moskvada transport harakati dovuldan keyin töliq tiklangan.
Eslatib ötamiz, 29 may kuni Moskva şahri va Moskva viloyatida tezligi 28 m/soniyani taşkil qilgan dovul va jala kuzatildi. Dovul oqibatida 11 kişi halok bölgan. Moskvada jarohatlanganlar soni 100 dan oşib ketgan. Ular şaharning 10 ta şifoxonasiga yetkazilganlar.
Qutqaruvçilar, kommunal va yöl xizmatlari, energetiklar dovul oqibatlarini bartaraf etişga kirişib ketişgan. Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligida ma'lum qilinişiça, Rossiyaning markaziy qismi va Moskvada aholisi 4000 kişidan köproq bölgan 20 dan köproq aholi punkti elektr energiyasiz qolib ketgan, 1000 dan köproq daraxat qöporib yuborilgan, 30 dan ortiq köp qavatli va xususiy uylarning tomlariga, önlab maşinalarga şikast yetgan.












