Rossiyalik oligarx Alişer Usmonovning muxolifatdagi siyosatçi, «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş fondi» yetakçisi Aleksey Navalniyga ikkinçi videomurojaati ortidan, Navalniy yana Alişer Usmonovga javob tayyorladi.
Eslatib ötamiz, A.Usmonov ikkinçi çiqişida Navalniyni birorta ham isboti yöqligi, barça gaplari quruq böhton ekanligida ayblab, 31 may kuni sudda javob berişini aytib ötgan edi.
Navalniy yangi murojaatida Usmonovning har bir ayblovlariga punktma-punkt javob berib, dalil-isbot uçun hujjatlar va havolalar keltirib, uning davlat aktivlarini noqonuniy özlaştiriş, soliqdan qoçiş va yuqori martabali davlat amaldorlariga, xususan boş vazir Dmitriy Medvedev bilan jinoiy til biriktirganlikda ayblagan.
«Bizning Usmonov bilan bunday suhbatlarimiz diqqatni boş badkirdorlar — Medvedev va Putindan nariga olib ketmoqda, biroq baribir bu foydali dialog», — degan Navalniy.
«Xomaşyo oligarxlari jonga tegişdi. Ular zararkunanda insonlar. Ulardan mutlaqo foyda yöq. Ular heç narsa qurmagan, ixtiro qilmagan yoki bajarmagan. Ular xomaşyo sotib, korrupsiya va işçilarga past maoş tölab, foyda olişadi. Bu haqda oligarxlarga qarşi manifestimda ham yozganman», — degan muxolifatçi.
«Ha, men Putinga qarşiman, uni boş badkirdor deb bilaman. Lekin «Ha, men Usmonovga qarşiman», deb ayta oliş ham muhimlikda undan qolişmaydi. Oligarxlar — ziyonkor rejimning tayançi, u mamlakatdagi qaşşoqlikning sabablaridan biri», — degan A.Navalniy.












