Suriya hukumati yil boşidan beri turli qurolli guruhlar nazoratidagi tumanlarga yuborilayotgan gumanitar avtokarvonlardan 100 mingga yaqin dorilar, jarrohlik anjomlari va boşqa tibbiy jihozlarni olib  qöydi. Bu  haqda BMT boş kotibining gumanitar masalalar böyiça örinbosari Stiven ÖBrayyen Xavfsizlik kengaşi majlisida ma'lum qildi. 

"Hayot uçun muhim dorilar va tibbiyot anjomlari, xususan, jarrohlik va akuşerlik, birinçi tibbiy yordam körsatiş töplamlarini olib qöyiş davom etmoqda. Yil boşidan beri salkam 100 ming dori-darmon kiritilmadi yoki avtokarvonlardan olib qöyildi", - degan BMT boş kotibi örinbosari. Uning sözlariga köra, Suriya hukumati "siyosiy maqsadlar" sababli dorilarga tösqinlik qilmoqda va uni "harbiy taktika"ga aylantirmoqda.

Stiven ÖBrayyenning ta'kidlaşiça, aholiga yordam körsatişga kömaklaşiş – bu ziddiyatli tomonlar majburiyatidir va bu "bosiş mumkin bölmagan qizil çegaradir". "Yordamning kirişiga ruxsat bermaslik yoki uni çöziş XK rezolyutsiyalari va xalqaro gumanitar huquqqa ziddir. Bu jarayon barham topişi kerak. Men Kengaşni rezolyutsiya bajarilişi uçun harakat qilişga çaqiraman", - deya ta'kidlagan ÖBrayyen. 

U, şuningdek, vaqti-vaqti bilan tibbiyot muassasalariga uyuştirilayotgan hujumlardan taşviş bildirdi. Uning sözlariga köra, 2017 yilning ötgan har oyida 20ga yaqin şunday xuruj amalga oşirilgan. Bu har 36 soatda Suriyadagi klinika yoki şifoxonaga hujum qilinişini anglatadi.

Xavfsizlik kengaşi majlisida Ğarb davlatlari diplomatlari amaldagi Suriya hukumatini tanqid qilib, insonlarning ölimi va jabr çekişida rasmiy Damaşq hamda uning ittifoqçilarini mas'ul deyişdi. 

Xususan, AQŞning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeylining bayonot berişiça, mamlakat hukumati "hayot uçun öta muhim bölgan oziq-ovqat va tibbiyot anjomlarini yetkazişda ma'muriy-böyruqbozlik tösiqlarini barpo etişda davom etmoqda". "Ular özlarining öyinlari bilan heç kimni alday olmaydi. Ular tanlovini amalga oşirişdi – siyosiy maqsadlariga erişiş uçun öz xalqini oçdan öldirişni xohlaydi. U Eronning qöllab-quvvatlaşiga erişayotgan bir vaqtda Rossiya özini körmaganga olmoqda", - degan Amerika vakili.

Öz navbatida, RFning BMTdagi doimiy vakili örinbosari Vladimir Safronkov "sönggi vaqtlarda oddiy aholi orasida köplab qurbonlar AQŞ yetakçiligidagi koalitsiya nazoratidagi hududlarda qayd etilayotgani"ga e'tibor qaratdi.  "Agar siz adolat uçun kuraşar ekansizlar, nima uçun bu haqda aytmaysizlar? Axir, bu kabi jangovar amaliyotlar Suriya suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzayotgan  noqonuniy amaliyotlar ekani XKning qator rezolyutsiyalarida bir neça marotaba qayd etilgan", - degan diplomat.

U, şuningdek, jangarilardan ozod etilgan hamda qurolli tuzilmalar, ularning oila a'zolarini köçirişni közda tutuvçi sulhga erişilgan tumanlarda vaziyat barqarorlaşganini ta'kidladi. "Uşbu amaliyotlarni tanqid qilayotganlar unutmasliklari kerak, hududlarda sulhga erişiş bilan 10 minglab odamlarning umri saqlab qolindi", - deya qayd etgan Safronkov.