Xirosimaning AQŞ qurolli kuçlari tomondan bombardimon qilinişi haqida birinçi bölib xabar bergani e'tirof etiladigan yaponiyalik Yosie Oka yomon sifatli limfoma (onkologik kasallik) tufayli vafot etdi.

NHK telekanalining ma'lum qilişiça, ayol 19 may kuni vafot etgan, biroq bu haqda endigina ma'lum bölgan. 

1945 yilda 14 yoşli Oka aloqani ta'minlovçi bölinmada xizmat qiliş uçun harbiy qömondonlikning mahalliy markaziga yöllangan. AQŞning bombardimonidan keyin u darhol rahbariyatga  xabar bergan. "Xirosima yangi turdagi bomba bilan bombardimon qilindi. Şaxar butkul vayron böliş holatida", deb eslagan ayol öşandagi hisobotini.

Oka öz yodnomalarida bomba şaharga tuşgandan keyin köçaga çiqib, yaralangan askarni körganini eslab ötgan. Aynan askar unga yangi turdagi bomba bilan hujum qilinganini aytgan. Oka esa bu haqda Fukuyamadagi aloqa stansiyasidagi bunkerdan maxsus telefon orqali ma'lum qilgan.

Ayol butun hayoti davomida radiatsion nurlanişdan aziyat çekib kelgan va Yaponiyada atom bombardimonlaridan omon çiqqan odamlar ataladigan xibakusya hisoblangan. Ayol yadroviy qurolning qöllanişi oqibatlari va begunoh odamlarning azob-uqubatlarini sözlab beriş bilan faol maşğul bölgan. 

Xirosima va Nagasaki şaharlariga uyuştirilgan atom bombardimonlari AQŞ qurolli kuçlari tomondan Ikkinçi jahon uruşining oxirida sodir etilgan. Rasman bundan maqsad Yaponiya imperiyasining taslim bölişini tezlaştiriş deb aytilgan. Bu hujumlar insoniyat tarixida yadroviy qurol jangovar vaziyatda qöllangan yagona holatlar hisoblanadi. 

1945 yil 6 avgustda Xirosimada bomba portlaşi oqibatida 70 mingdan 100 minggaça odam bir zumda halok bölgan, omon qolganlar esa nur kasalligi va hujum asoratlaridan vafot etganlar. Xirosimaga atom hujumidan halok bölganlarning umumiy soni 303 ming 195 kişini taşkil qilgan.

Nagasakiga hujum esa 1945 yil 9 avgustda sodir etilgan. Portlaş vaqtida 70 ming kişi halok bölgan, şahar butkul yöq bölib ketgan. 2016 yil ma'lumotlariga köra, bu portlaşdan halok bölganlar soni 172 ming 230 kişini taşkil qilgan.