Isroil 1945 yilda Nagasakiga atom bombasi taşlangani xotirasiga bağişlab taşkil etiladigan marosimga taklif etilmaydi. Bu haqda Nagasaki şahri meri mahalliy OAVga ma’lum qildi.
Mazkur qaror Xirosimaning qaroridan farq qildi — şahar ötgan oyda Isroilga yuborilgan taklifini qaytarib oliş niyatida emasligini ma’lum qilgandi. Ikkala şahar ham faollar hamda bombardimondan jabrlanganlar guruhi bosimi ostida qolmoqda. Ular Isroil tomonidan Ğazoning öqqa tutilayotgani, minglab falastinliklar qurbon bölayotganidan norozi.
Nagasaki meri Siro Sudzukining sözlariga köra, Isroilning röyxatdan nafaqat siyosiy qaror sabab, balki xavfsizlik nuqtai nazaridan ham çiqarib taşlangan.
«Uşbu qaror siyosiy qaraşlar sabab emas, balki atom portlaşi qurbonlari xotirasiga hurmat yuzasidan marosimni tinç va tantanali muhitda ötkaziş maqsadida qabul qilinganini alohida ta’kidlaşni istardim», — deydi Sudzuki.
Xirosimada esa vaziyat boşqaça — bu Ikkinçi jahon uruşi yakunida atom bombasi taşlangan birinçi şahardir. Har yili diplomatlar har ikki şaharda taşkil etiladigan tinçlik marosimiga taklif etiladi.
Xirosimada ötkaziladigan joriy yilgi marosimga 115 ta davlat va Yevropa Ittifoqidan vakillar taklif etilgan. Şaharda 1945 yilgi bombardimon va undan keyingi nurlanişlar oqibatida 10 minglab odamlar qurbon bölgan.
Isroilning Yaponiyadagi elçisi Gilad Koen X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoğidagi sahifasi orqali Nagasakining qarorini «taassuf» bilan qabul qilganini aytib, u «butun dunyoga notöğri signal yuborayotganini» qöşimça qildi.
Kyodo News ma’lumotlariga köra, Sudzuki iyun oyida Isroilga Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş böyiça maktub yöllagan. 1 avgust kuni esa Nagasaki meri sönggi haftalarda Isroilning taklif etilişiga xizmat qiladigan biror özgarişni körmaganini ma’lum qildi.












