Futbol böyiça Braziliya terma jamoasining afsonaviy hujumçisi va ikki karra jahon çempioni Manuel Fransisko dus Santus yoki Mane Garrinçaning jasad qoldiqlari Rio-de-Janeyro ştatidagi qabristondan izsiz ğoyib böldi. Bu haqda Globo xabar berdi.
Bu holat röy bergani futbolçining qizi Rozanjyele dus Santus tufayli ma'lum böldi, u Garrinçaning qabri ustida maxsus xotira tadbirini taşkillaştirmoqçi edi. "Otam bunga loyiq emasdi", - deya ma'lum qildi u.
Ma'lum bölişiça, maşhur öyinçining jasad qoldiqlari bir neça yil muqaddam yer ostidagi sağanadan oilaning boşqa bir a'zosi iltimosi tufayli olingan, u bu yerda boşqa qarindoşini dafn etişga qaror qilgan. Garrinçaning farzandlaridan heç biri bu haqda xabardor etilmagan. Eksgumatsiya jarayoni röy berganini tasdiqlovçi bironta hujjat saqlanib qolinmagan, hamda qabriston xodimlari jasad qoldiqlari qayerga ketganini bilişmayapti. Katta ehtimol bilan ular butunlay yöqolgan.
"Biz bu masalani örganib çiqdik, hamda aniq aytişimiz mumkinki, u ayni damda bu yerda dafn etilmagan. Bizda eksgumatsiya va jasad qoldiqlarining boşqa joyga köçirilgani haqida ma'lumot bor, biroq aynan qayerga ekanini, biz bilmaymiz", - deya ma'lum qildi qabriston ma'muri Prisila Liberiu.
Garrinça jahon futboli tarixidagi eng yaxşi öyinçilardan biri hisoblanadi. Muxlislar uni “Qiyşiq oyoqli farişta”, deb ataşardi, gap şundaki, hujumçining bir oyoği haqiqatdan ham boşqasidan olti santimetrga qisqaroq bölgan, bu u yoşligida poliomiyelit bilan oğrigani tufayli röy bergan. Biroq bu futbolçiga milliy terma jamoa safida ikki bor jahon çempioni bölişda xalal bermadi.
Futbolçi 1983 yilda içkilikbozlik oqibatida 49 yoşida vafot etgan va Majyedagi "Rais-da-Serra" qabristonida dafn etilgan. Şu bilan birga, uning qabr toşini tayyorlaşda xatoga yöl qöyilgan – vafot etgan yil sifatida 1985 yil körsatilgan, aslida esa öyinçi 1983 yilda hayotdan köz yumgan. Majye hokimi Rafael Tubarauning ma'lum qilişiça, bu holatda yagona yöl – qabristondan topilgan barça noma'lum jasad qoldiqlarining DNK tahlilini ötkaziş.












