Sport arbitraj sudi (CAS) «Atletiko»ning apellyatsiyasini qanoatlantirmadi.
Marca xabariga köra, madridliklar klubi yozgi transferlar vaqtida yangi futbolçilarni tarkibga qöşib ololmaydi.
«Atletiko»ga avvalroq voyaga yetmagan futbolçilarni safiga qöşib olib, qoidalarni buzgani tufayli 2 transferlar davrida transferlarni amalga oşirişga taqiq qöyilgandi.
Madridliklar klubi şu tufayli 2017 yil yanvarida transferlarni amalga oşira olmadi va yozgi transferlar uçun taqiqni bekor qilişni sörab, sudga murojaat qilgandi. Ammo arbitraj sudi apellyatsiyani inkor etgan.
Şu tariqa, «Atletiko» öz futbolçilarini sotişi, xususan, Antuan Grizmanni «Mançester Yunayted»ga qöyib yuborişi ehtimoli kamaydi.












