Avgustning asosiy transferlari: Gimarayş, Diomande, Saloh va boşqalar
|16:55 / 12.08.20266 88215 min
Yozning sönggi oyida kimlar klubini özgartirib ulgurdi?
«Arsenal» yarimhimoyani mustahkamladi, «PSJ» qanotlarni kuçaytirmoqda, «Real» katta futbolda tajribasi bölmagan, ammo katta iste’dodga ega bölgan yoş hujumçilar oldi.
Lyuka Din
Yoşi: 33 Ampluasi: çap qanot himoyaçisi Qayerdan: «Aston Villa» Qayerga: «PSJ» Transfer qiymati (Transfermarkt ma’lumoti): 7 million yevro
Fransiya milliy jamoasi himoyaçisi parijliklar klubi bilan 2029-yil yoziga qadar amal qiluvçi şartnoma imzoladi. Din 2013-2015 yillarda ham «PSJ» klubida öynagan, bu davr oraliğida 44 öyinda maydonga tuşib, beşta golli uzatma muallifi bölgandi. Keyinroq u «Barselona» va «Everton» klublarida ham öynadi, 2022-yildan buyon «Aston Villa»ning asosiy tarkib futbolçisiga aylanib, uşbu jamoa safida 182 öyin ötkazdi, 4 gol urdi va 24 golga uzatma berdi. 2025/26 yillar mavsumida u jamoa bilan Yevropa Ligasida ğolib çiqdi, keyin esa Fransiya milliy jamoasi safida 2026-yilgi jahon çempionatida qatnaşdi. Parijda çap qanotda Nunu Mendeş öynaşi hisobga olinsa, Lyuk yangi klubida zaxira futbolçisi böladi.
Trevo Çaloba
Yoşi: 27 Ampluasi: markaziy himoyaçi Qayerdan: «Çelsi» Qayerga: «Komo» Transfer qiymati: 30 million yevro
Xabi Alonso «Çelsi» tarkibini tozalamoqda va Çaloba unga keraksiz bölib çiqdi. Uşbu himoyaçi ötgan mavsumda barça turnirlar doirasida 47 öyinda qatnaşgan va uçta gol ham urgan. Tomas Tuhel uni 2026-yilgi jahon çempionati uçun tarkibga jalb qildi, ammo futbolçi zaxira futbolçisi vazifasini ötadi. Endi Trevo «Komo» bilan 2031-yilga qadar amal qiluvçi şartnoma tuzdi – bu ikki tomon uçun ham ajoyib kelişuv böldi. Futbolçi asosiy tarkibda böladi va YeÇLda qatnaşadi, klub esa tajribali himoyaçiga ega böldi.
Bruno Gimarayş
Mavzuga oid
Yoşi: 28 Ampluasi: yarimhimoyaçi Qayerdan: «Nyukasl» Qayerga: «Arsenal» Transfer qiymati: 87,5 million yevro
Jahon çempionati startidan oldinroq boşlangan serial avgust oyi boşiga qadar davom etdi. «Arsenal» nihoyat hozirning özida jamoani kuçaytira oladigan tajribali futbolçi bilan tört yillik şartnoma imzoladi. «Nyukasl» sardori bölgan uşbu braziliyalik yarimhimoyaçi 2025/26 yillar mavsumida barça turnirlar doirasida 41 öyinda maydonga tuşib, 9 gol urgan va 8 golga uzatma bergan. Uning JÇdagi natijasi ham ajoyib – beş öyinda tört golli uzatma. Gimarayş APL havosini biladi va «Arsenal»ga çempionlikni himoya qilişda yordam berişga tayyor. «Arsenal» bu transfer orqali butun yarimhimoya çiziğini mustahkamladi: uşbu futbolçi maydonda oltilik (Subimendi), sakkizlik (Rays) va hatto önlik (Edegor) pozitsiyalarida harakatlana oladi.
Mastantuono «River Pleyt»dan «Real»ga 2025-yil avgustida kelgandi, ammo asosiy tarkibga kira olmadi – 2025/26 yillar mavsumida u La ligada 23 öyinda qatnaşib, atigi bitta gol urdi. «Fiorentina»ga ijara – u köproq öyin amaliyotiga ega bölişi va tajriba töplaşi uçun ajoyib variant. Italiyada Frankoni minglab muxlislar kutib olişdi, ular klubga top darajadagi futbolçi kelganiga işonişmoqda – vinger endi ularning hafsalasini pir qilmasligi kerak böladi.
Karlos Espi
Yoşi: 21 Ampluasi: hujumçi Qayerdan: «Levante» Qayerga: «Real» Transfer qiymati: 25 million yevro
Madridliklar katta futbolda atigi bir mavsum ötkazgan yoş futbolçi uçun katta pul töladi. Lekin Espi «Levante» safida ötgan mavsumdagi öyinlari bilan e’tiborga tuşgandi. Mavsum yarmida murabbiy almaşgaç, özini körsata boşlagan hujumçi qolgan vaqt içida 11 gol urişga erişdi va 23 yoşgaça bölgan futbolçilar orasida mavsumning eng yaxşisi deb topildi. «Real» uni Mourinioning talabi bilan sotib oldi: çindan ham klubda 194 sm böyga ega va qanotdan oşirilgan töplar uçun ikkinçi qavatda kuraş olib boradigan hujumçi yöq edi. Klub uning qiyofasida yangi Hoseluga ega böldi, deyiş ham mumkin.
Magnes Akliuş
Yoşi: 24 Ampluasi: öng qanot vingeri Qayerdan: «Monako» Qayerga: «PSJ» Transfer qiymati: 50 million yevro
«PSJ» içki çempionatdagi raqobatçilarni kuçsizlantirişda davom etmoqda. 24 yoşli fransuz parijliklar bilan 2031-yilga qadar amal qiluvçi şartnoma imzoladi. 2025/26 yillar mavsumida Akliuş «Monako» safida 43 öyinda 7 gol va 11 golli uzatma muallifi bölgandi. U yangi klubida ham öz imkoniga ega bölişi aniq, Luis Enrike asosiy vingerlarini Çempionlar ligasi uçun asraydi va mavsum davomida köp rotatsiya qiladi. Bu orada klub çap qanot uçun «Ayaks»dan Mika Godtsni transfer qiliş ustida işlamoqda.
Ronald Arauho
Yoşi: 27 Ampluasi: markaziy himoyaçi Qayerdan: «Barselona» Qayerga: «Liverpul» Transfer qiymati: ijara
Ronald Arauho yangi mavsumni Angliyada ötkazadi. «Liverpul» uşbu 27 yoşli urugvaylikni sotib oliş huquqi bilan ijaraga oldi. Inglizlar ijara davri uçun pul tölamaydi (faqat futbolçining maoşini tölaşni töliq öz zimmasiga oladi), bir yildan keyin esa 55 mln yevroga sotib oliş huquqiga ega böladi. Futbolçining özi yangi klubi saytiga bergan intervyusida bu qarorni faoliyatidagi kerakli va töğri qaror deb atadi. Arauho kataloniyaliklar jamoasi sardori edi, lekin sönggi mavsumlarda köp jarohat oldi va «Barselona» asosiy tarkibidan tuşib qoldi, ötgan mavsumda esa qator omadsiz öyinlardan keyin tuşkunlikdan çiqiş uçun tanaffus olişiga ham töğri keldi.
Takehiro Tomiyasu
Yoşi: 27 Ampluasi: markaziy/öng qanot himoyaçisi Qayerdan: «Ayaks» Qayerga: «Kristal Pelas» Transfer qiymati: erkin agent
«Arsenal» sobiq futbolçisi «Kristal Pelas» bilan şartnoma imzolaşdan oldin haqiqiy körikda qatnaşişiga töğri keldi. Tomiyasu maşğulotlar davomida murabbiylarni işontira oldi va yana APLga qaytadigan böldi. Yaponiyalik futbolçi 2021-2025 yillarda «Arsenal» safida öynagan, ammo jarohatlar tufayli jamoani tark etişga majbur bölgandi. U şu muammo tufayli «Ayaks»da ham örnaşib qololmadi (mavsum davomida atigi yetti öyin), ammo özida iroda topa oldi va formasini tiklab, Yaponiya milliy jamoasi bilan JÇda munosib iştirok etdi. U endi örtamiyona klub safida faoliyatini qaytadan yölga qöyişga urinib köradi.
Eryan Nyuland
Yoşi: 35 Ampluasi: darvozabon Qayerdan: «Sevilya» Qayerga: «Leypsig» Transfer qiymati: erkin agent
Norvegiyalik darvozabon JÇda Angliyaga qarşi öyinda xatolarga yöl qöygan bölsa-da, umuman olganda, turnirni yaxşi ötkazdi. Hatto aytiş mumkinki, jamoa uning seyvlari tufayli çorakfinalgaça yetib bordi. Bunday iştirok uçun esa yakunda mukofotga ega böldi – turnir arafasida şartnomasi muddati tugagani uçun «Sevilya»dan ketgan futbolçiga top-çempionat klubidan taklif berildi. «Leypsig» Gulaçini «Vilyarreal»ga qöyib yubordi va Nyulanni Germaniyaga qaytardi (u 2022/23 yillar mavsumida ham jamoada bölgan). Eryan klub bilan 2028-yilga qadar şartnoma tuzdi.
Uşbu darvozabon 2023-yilda «Mançester Yunayted»ga qöşilib, uşbu ingliz klubi tarixidagi ilk turk futbolçisi bölgandi. Andre Onananing qöpol xatolari tufayli u asosiy tarkibda öynaş imkoniyatini qölga kiritdi, ammo bu imkoniyatdan töliq foydalana olmadi. U ham bir neça bor qovun tuşirdi, bu esa yangi darvozabon sotib olinişiga sabab böldi. Ötgan mavsumda Lammens klubda asosiy darvozabon maqomini töliq öziniki qildi, turkiyalik posbon esa zaxirada ötirişni istamadi va Ispaniyani zabt etiş uçun yöl oldi.
Jeyms Trafford
Yoşi: 23 Ampluasi: darvozabon Qayerdan: «Mançester Siti» Qayerga: «Lids» Transfer qiymati: 46,7 million yevro
Traffordga ötgan yozda jonajon klubida asosiy tarkibni va’da qilib olib kelişgandi, ammo Donnarumma transferidan keyin barçasi özgarib ketdi. Natijada 2025/26 yillar mavsumida uşbu darvozabon «Mançester Siti» safida barça turnirlar doirasida 17 öyinda maydonga tuşib, 13 gol ötkazib yubordi, şu bilan birga, 8 öyinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Ğoliblik bilan yakunlangan Angliya kubogi va Angliya ligasi kubogi öyinlarida asosiy darvozabon böldi. Pep Gvardiola örniga kelgan Enso Mareska ham Janluidjiga işonişga qaror qildi, Trafford esa yana bir mavsumni zaxira örindiğida ötkazişni istamadi, yakunda klub öz tarbiyalanuvçisini ikkinçi bor sotib yubordi. Endi Jeyms «Lids» safida asosiy darvozabon böladi.
Yan Diomande
Yoşi: 19 Ampluasi: vinger Qayerdan: «Leypsig» Qayerga: «Real» Transfer qiymati: 125 million yevro
Madridliklar uşbu ivuarlik transferi uçun 125 million yevro tölaydi, ammo «Leypsig» yana 15 million yevroni bonuslar körinişida olişi mumkin. E’tiborli jihati, uşbu vinger nemislar klubida atigi bir mavsum ötkazgandi: u 36 öyinda 13 gol urdi va 10 golga uzatma berdi. «Leypsig» ötgan yozda uni «Leganes»dan 20 million yevroga sotib olgandi. Endi Diomande öz driblingi bilan muxlislarni xursand qiliş va «Qirollik klubi» öng qanotida javlon uriş uçun Ispaniyaga qaytdi.
Muhammad Saloh
Yoşi: 34 Ampluasi: vinger Qayerdan: «Liverpul» Qayerga: «Trabzonspor» Transfer qiymati: erkin agent
34 yoşli misrlik hujumçi «Trabzonspor» bilan ikki yillik şartnoma imzoladi. Saloh «Liverpul» bilan şartnomasi yakunlangaç, erkin agentga aylangandi. Uşbu futbolçi öyinida çempionlik mavsumidan keyin pasayiş yuzaga kelgandi: u ötgan mavsumda barça turnirlar doirasida 41 öyinda maydonga tuşib, 12 gol urdi va 10 golga uzatma berdi. Mavsum yarmida esa murabbiy Arne Slot bilan janjallaşib qoldi. Ammo uning salohiyati hali Turkiya çempionatining asosiy yulduzlaridan biri böliş uçun yetarli.
«Barselona»ning asosiy darvozaboni böliş uçun talablarga javob bermay qolgan ter Ştegen 2026-yil yanvarida ijara asosida «Jirona»ga ötgandi, ammo ikki öyindan keyin tizzasidan jarohat oldi va mavsumning qolgan qismini ötkazib yubordi. «Ayaks»ga ijara – futbolçi uçun karyerasini qaytadan yölga qöyiş uçun yana bir imkon. Asosiysi, jarohat olmaslik.
Gonsalo Garsiya
Yoşi: 22 Ampluasi: hujumçi Qayerdan: «Real» Qayerga: «Fulhem» Transfer qiymati: 40 million yevro
«Real»ning sobiq futbolçisi va sobiq boş murabbiyi Alvaro Arbeloa Angliyada ispanlar koloniyasini taşkil etmoqda. Uning ortidan 22 yoşli ispaniyalik hujumçi ham APLga yöl oldi va «Fulhem» bilan 2031-yilga qadar amal qiluvçi şartnoma tuzdi. Garsiya – «Real» akademiyasi tarbiyalanuvçisi, lekin avval ham köplab iqtidorli yoşlar bilan bölganidek, u ham asosiy tarkibga kira olmadi. Gonsalo madridliklar safida sönggi ikki mavsumda 51 öyinda maydonga tuşib, 13 gol urdi va 5 golga uzatma berdi. Endi u öz kuçini Angliya çempionatida sinab köradi (Arbeloa davrida madridliklar safida öynagan yana bir futbolçi, 21 yoşli yarimhimoyaçi Sesar Palasios ham 10 mln yevro evaziga «Fulhem»ga transfer qilingan).
Denni Uelbek
Yoşi: 35 Ampluasi: hujumçi Qayerdan: «Brayton» Qayerga: «Çelsi» Transfer qiymati: 5,85 million yevro
Habi Alonso «Çelsi»ning yoş tarkibiga biroz tajriba qöşişga qaror qildi. Angliyaning qator klublarida, jumladan, «MYu» va «Arsenal»da ham öynagan tajribali hujumçi Denni Uelbek endi «Çelsi»da. U 2025/26 yillar mavsumida «Brayton» safida 40 öyinda maydonga tuşib, 14 gol urdi va 2 golga uzatma berdi. London klubida Denni asosiy tarkib futbolçisi bölmaydi, ammo uning özi bunga qarşi emas, çunki u zaxiradan öyinga qöşilib ham samarali harakat qilişi mumkin. Uşbu ingliz hujumçisi APL öyinlarida zaxira örindiğidan maydonga tuşib, 19 gol urişga erişgan. U bu borada faqat Olive Jiru (21) va Jermeyn Defo (24)dan ortda qoladi.
Jordan Henderson
Yoşi: 36 Ampluasi: yarimhimoyaçi Qayerdan: «Brentford» Qayerga: «Çelsi» Transfer qiymati: erkin agent
Yana bir tajribali futbolçi «Çelsi»ga ötdi. Henderson ötgan mavsumda «Brentford» safida barça turnirlar doirasida 34 öyinda maydonga tuşib, bir gol urdi va uç golga assist berdi. Tomas Tuhel ham uni kiyim almaştiriş xonasidagi tartibga javob berişi uçun jahon çempionatiga olib borgandi, endi Alonso ham undan şu maqsadda foydalanmoqçi («Çelsi» uşbu ikki tajribali futbolçi qöşilganidan keyin ham APLning örtaça yoş böyiça eng yoş tarkibiga ega). U va Uelbek endi londonliklar jamoasidagi intizom uçun mas’ul böladi.
Randal Kolo Muani
Yoşi: 27 Ampluasi: hujumçi Qayerdan: «PSJ» Qayerga: «Yuventus» Transfer qiymati: 41,2 million yevro
Kolo Muani oldin ham, 2024/25 yillar mavsumining ikkinçi qismida «Yuventus» safida öynagandi. Öşanda uşbu fransuz forvardi 22 öyinda 10 gol urib, 3 golli uzatma muallifiga aylangan, ammo mavsum yakunida klublar tölaqonli transfer böyiça kelişa olmagandi. 2025/26 yillar mavsumini forvard «Tottenhem» safida ijara asosida ötkazib, 41 öyinda 5 gol uriş va 4 ta golli uzatma beriş bilan çeklandi. Natijada uning transfer narxi tuşdi va «Yuve» bundan foydalanib, yana «PSJ»ga murojaat qildi – bu safar klublar kelişa olişdi. 2023-yilda parijliklar klubi Kolo Muanini «Ayntraxt»dan 95 million yevroga xarid qilişgandi, endi ikki barobar arzonroqqa sotişga majbur bölişdi.
Kerim Alaybegoviç
Yoşi: 18 Ampluasi: hujumçi Qayerdan: «Bayer» Qayerga: «Yuventus» Transfer qiymati: 32 million yevro
2025/26 yillar mavsumidan oldin «Bayer» Alaybegoviçni «Zalsburg»ga sotgandi, ammo keyin kelişuvdagi tegişli bandni işga tuşirib, uni yana öziga qaytardi. Uşbu kosovolik yoş vinger avstriyaliklar jamoasida ötgan mavsumda 44 öyinda maydonga tuşib, 13 gol urdi va 4 pas muallifi böldi. Jahon çempionatida esa yorqin öyin körsatib, Qatar darvozasiga ğalaba golini urdi. Natijada nemislar uning transferidan mömaygina pul işlab olişdi, endi uşbu futbolçi «Yuventus» muxlislarini özining sermahsul öyinlari bilan xuşnud etişi talab qilinadi.
Vozinya
Yoşi: 40 Ampluasi: darvozabon Qayerdan: «Şaviş» Qayerga: «Kolo-Kolo» Transfer qiymati: erkin agent
Jahon çempionatidan keyin uşbu darvozabonning Transfermarkt portalidagi narxi 10 baravarga oşdi – 50 mingdan 500 ming yevroga. Uning instagramdagi obunaçilari soni esa keskin kötarildi – 50 mingdan 30 millionga. Futbolçi faoliyatining sönggi davrida bölganiga qaramay, klublardan qiziqiş ham ösdi. Holbuki jahon çempionatiga qadar Kabo-Verde darvozaboni «Şaviş» bilan şartnomasi muddati tugagani tufayli, klubsiz qolgandi. Yakunda 40 yoşli darvozabonni Çilining «Kolo-Kolo» klubi öz safiga qöşib oldi, bu yerda Vozinyani minglab muxlislar kutib olişdi, unga stadionda klub futbolkasini osmondan tuşib kelgan paraşyutçi olib keldi. Bu transfer Çili çempionatiga bölgan qiziqişni ham oşirsa, ajab emas.