Avgust oyining ikkinçi yarmida ham Yevropa klublarida qator şov-şuvli transferlar amalga oşirildi.
Mika Godts

Yoşi: 21
Ampluasi: çap qanot vingeri
Qayerdan: «Ayaks»
Qayerga: «PSJ»
Transfer qiymati (Transfermarkt): 45 million yevro
Oy boşida «Monako» öng qanot vingeri Magnes Akliuşni transfer qilgan «PSJ» biroz ötib kelgusida top futbolçi darajasiga çiqişi mumkin bölgan yana bir iste’dodli vingerni öz safiga qöşib oldi. Mika Godts «Ayaks» safida jami 115 öyinda maydonga tuşib, 26 gol urgan va 28 golli uzatma muallifi bölgan.
U ayniqsa 2025/26 yillar mavsumida porladi: Niderlandiya çempionatining 32 öyinida 17 gol urib, 12 assist amalga oşirdi. Belgiyalik futbolçi ligada «gol plyus pas» tizimida eng sermahsul futbolçiga aylandi. «PSJ» transfer uçun 45 million yevro töladi, bonuslar hisobiga bu summa 55 million yevrogaça yetişi mumkin.
Godts bu yozda Parijni tark etişi kutilayotgan Bredli Barkolyaning (unga «Liverpul» tomonidan jiddiy qiziqiş mavjud) örniga olib kelindi. U katta ehtimol bilan dastlabki mavsumlarda Xviça Kvaratsxeliyadan keyingi ikkinçi variant böladi va asosan içki çempionat öyinlarida maydonga tuşiriladi.
Jed Spens

Yoşi: 26
Ampluasi: öng qanot himoyaçisi
Qayerdan: «Tottenhem»
Qayerga: «Inter»
Transfer qiymati: 30 million yevro
Denzel Dumfris «Real»ga yöl olganidan keyin «Inter» öng qanot himoyaçisiga ehtiyoj sezayotgandi – «Tottenhem»da esa ideal variant topildi. Spens jamoadoşlari fonida sifatli öyini bilan ajralib turardi va 2026-yilgi jahon çempionatida ham özini yaxşi tomondan körsatdi. U niderlandiyalik futbolçining yöqligini sezdirmaslik uçun barça kerakli skillarga ega: pressingda yaxşi işlaydi va hujumlarga ham tez-tez qöşiladi. «Inter» angliyalik himoyaçi uçun 30 million yevro töladi, yana beş million yevro bonuslar körinişida berilişi mumkin.
















