Prezidentning 30.05.2017 yildagi PF-5061-son Farmoni bilan Özbekiston fuqarolarining biometrik pasportlari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning biometrik harakatlaniş hujjatlarini hisobga oliş va yöq qiliş tartibi belgilandi. Hujjat matni davlat rahbarining rasmiy saytida e'lon qilindi, deb yozadi Norma.uz.

Ma'lumot uçun: hozirgi vaqtda Özbekiston Respublikasida pasport tizimi töğrisidagi nizomga köra biometrik pasportlarni yöq qiliş Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazida amalga oşiriladi. 

Farmon bilan şunday tartib joriy qilindiki, unga köra biometrik pasportlar va fuqaroligi bölmagan şaxslarning biometrik harakatlaniş hujjatlarini hisobga oliş va yöq qiliş:

•  ularni tayyorlaş çoğida yaroqsiz holga kelganlari va almaştiriş uçun IIO migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmalari va TIV konsullik boşqarmasidan qaytarilganlari – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazida;

•  muddati ötgan va haqiqiy emas deb topilganlari - IIO migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmalari va TIV konsullik boşqarmasida amalga oşiriladi.