Serbiyaning yangi prezidenti Aleksandr Vuçiç inauguratsiyasi vaqtida mamlakatning NATOga kirmasligini aytdi. Vuçiçning aytişiça, bu holat yaqin 5 yilda yuz bermaydi. Bu haqda Pink telekanali xabar bermoqda.  

Prezident serb yozuvining eng qadimiy yodgorligi – 12-asrga tegişli Yevangeliya kitobiga qölini qöyib qasamyod keltirdi. Tantanali marosim Serbiya parlamentida bölib ötdi.

Prezidentdan qasamyodni Serbiya konstitutsion sudi raisi Vesna Iliç-Preliç qabul qildi. Serbiyaning sobiq boş vaziri Tomislav Nikoliçning örnini egalladi. Nikoliç mamlakatning yangi prezidentiga prezident standarti va davlat muhrini topşirdi.  

Vuçiç mamlakatda ötgan prezidentlik saylovlarida 55 foizlik ovoz bilan ğolib bölgandi. U boş vazir lavozimida Rossiya bilan munosabatlarni yaxşilaş tarafdori sifatida tanilgan.