Serbiyadagi Voyevodina teleradiokompaniyasi (RTV) bir kun oldingi keçki dasturda «Talabalar röyxati»ning parlament saylovidagi ğalabani nişonlaşi aks etgan kadrlar namoyiş etilmagani uçun jonli efirda tomoşabinlardan uzr söradi.

Dnevnik yangiliklar dasturining 26-oktabr kuni keçqurun efirga berilgan soni avvalida boşlovçi Goran Eror telekanal köp yillar mobaynida öz funksiyalarini bajarmay kelganini tan olgan.

«Muammolar haqida sukut saqlandi, köp narsaga köz yumildi, voqealar biryoqlama yoritildi, tanqidiy reportajlar eʼlon qilinmadi. Kerakli savollar berilmadi yoki umuman savol berilmadi. Buning uçun biz tomoşabinlardan uzr söraşimiz lozim», – dedi boşlovçi.

Yangiliklar Novi-Sad va Serbiyaning boşqa şaharlaridagi ğalabani nişonlaş kadrlari bilan boşlandi. Vreme naşri yozişiça, RTV telekanali rahbariyati bir kun oldin xodimlarning eʼtirozlariga qaramay, köçalardagi bayramona kayfiyat aks etgan kadrlarini namoyiş etmaslikka qaror qilgandi.

Boşlovçining qayd etişiça, telekanalning ayrim xodimlari jurnalistlar va muharrirlar erkin işlaşi hamda etika prinsiplariga rioya etilişini taʼminlaş uçun kuraşişgan:

«Afsuski, bunga öz vaqtida erişa olmadik. Ammo biz bu kuraşni davom ettiriş kerak deb hisoblaymiz».

Şu kuniyoq telekanalning Birinçi televizion dasturi boş muharriri Nenad Çaçiç isteʼfoga çiqarilgani maʼlum böldi. Jurnalistlar va «Mustaqillik» kasaba uyuşmasi vakillarining RTV telekanali boş direktori Goran Karadjiç bilan muzokaralaridan keyin bu lavozimga Blajo Popoviç tayinlangan. Sobiq boş muharrir isteʼfosi kasaba uyuşmasining talablaridan biri edi. Ular bir yil oldin ham RTV kasbiy mustaqilligini yöqotgani va voqealarni hukumat manfaatlari yölida yoritayotganini taʼkidlab, uning isteʼfosini talab qilişgandi.

  • 25-oktabr kuni Serbiyada navbatdan taşqari parlament saylovlari bölib ötdi. Unda mamlakatning sobiq prezidenti Aleksandr Vuçiç ham iştirok etdi – u sentabr oyi boşida bölajak saylovlarda ğalaba qozonib, boş vazir sifatida hokimiyatga qaytişni közlagan holda prezidentlikdan ketgandi. Ammo saylov natijalariga köra, uning boşçiligidagi Serbiya taraqqiyot partiyasi 2024-yil boşlangan norozilik namoyişlari davomida yuzaga kelgan «Talabalar röyxati» nomli harakatga mağlub böldi.