DW xabariga köra, Vuçiç Belgraddagi Serbiya taraqqiyot partiyasi qarorgohida tarafdorlari oldida çiqiş qilib, ovoz beriş natijalari haqida gapirgan.
«Hozirça yakuniy natijalar yöq, ammo... bu saylovda yutqazganimiz aniq. “Talabalar röyxati” ğalaba qozondi: ular 135 tadan 140 tagaça örin oladi, bizda esa 105 ta böladi. Boşqa heç kim parlamentga ötmadi», - degan u.
Serbiya Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotiga köra, mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da - saylov uçastkalari yopilişiga ikki soat qolganida - saylovçilar iştiroki 64,9 foizni taşkil etgan. Xabarda bu 1992-yilda Yugoslaviya parçalanganidan buyon rekord körsatkiç ekani qayd etilgan.
Serbiyaning Danas gazetasi yozişiça, Vuçiç mağlubiyatini tan olgaç, odamlar «Talabalar röyxati» ğalabasini nişonlaş uçun Belgrad köçalariga çiqqan.
Saylov byulletenlariga jami 18 ta röyxat kiritilgan. Biroq asosiy raqobat Vuçiçning Serbiya taraqqiyot partiyasi va «Talabalar ğalaba qozonadi» röyxati örtasida keçgan.
Talabalar harakati 2024-yil noyabrda Novi-Sad şahridagi temiryöl vokzali tomi qulab, 16 kişi halok bölganidan keyin boşlangan norozilik namoyişlari fonida şakllangan. Hukumat tanqidçilari fojiani korrupsiya va beparvolik bilan boğlagan.
Vuçiç sentabr oxirida prezidentlik lavozimidan ketgan edi. U partiyasi parlament saylovida ğalaba qozonsa, hukumatga rahbarlik qilişni rejalaştirgan.
Uning ikkinçi prezidentlik muddati 2027-yil mayida tugaşi kerak edi. Vuçiç uçinçi muddatga nomzodini qöya olmasdi.

















