Serbiyada 25-oktabr kuni parlament uçun navbatdan taşqari saylovlar bölib ötdi. Unda bir oy oldin isteʼfoga çiqqan, ammo boş vazir lavozimini egallaşga umid qilgan sobiq prezident Aleksandr Vuçiç ham iştirok etdi.

Vuçiç saylovda hukmron Serbiya taraqqiyot partiyasi yetakçisi sifatida qatnaşdi. Unga «Talabalar röyxati» qarşi çiqdi – bu rasmiy ravişda saylovdan bir oy oldin tuzilgan, ammo amalda 2024-yilgi ommaviy namoyişlar davomida şakllangan hamda yagona yetakçisi yöq bölgan harakatdir.

Uşbu harakat 250 nafar nomzodini saylov komissiyasi röyxatidan ötkazgan. Şu bilan birga ular orasida talabalar yöq, lekin olimlar, universitet professorlari, ekspertlar va sportçilar bor. Röyxatning eng yuqorisida Novi-Sad universiteti professori, kardiolog Iliya Srdanoviç qayd etilgan.

Harakat vakillari röyxat tuziş jarayonini şunday taʼriflaydi:

Biz bilbordlarda yaxşiroq körinadigan yoki saylovçilar röyxatidagi örin uçun muzokaralar olib borişni biladigan tajribali odamlarni qidirmadik. Biz davlat idoralariga kelişga, öz işini masʼuliyat bilan bajarişga va u yerda nima uçun ötirganini unutmaslikka qodir deb hisoblagan odamlarimizni qidirdik.

«Talabalar röyxati»ning saylovoldi dasturida 11 ta band va uçta asosiy bölim bor edi. «Serbiya yoki mafiya» deb nomlangan birinçi bölim korrupsiyaga qarşi kuraşni kuçaytiriş, ikkinçisi taʼlim tizimini zamon talablariga moslaştiriş, uçinçisi esa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid edi.

Serbiyadagi saylov uçastkalari mahalliy vaqt bilan 25-oktabr kuni soat 20:00 da yopildi. Şundan ikki soatga yaqin ötganida Vuçiç Serbiya taraqqiyot partiyasi ştabida çiqiş qilib, saylovlardagi mağlubiyatini tan oldi.

«Bizda hali yakuniy natijalar yöq… ammo bu saylovda yutqazganimiz körinib turibdi. „Talabalar röyxati“ ğolib çiqdi: ularda taxminan 135-140 mandat böladi, bizda – 105», – dedi Vuçiç. U parlamentga boşqa siyosiy kuçlar öta olmaganini qöşimça qilgan.

Vuçiç mağlubiyatini tan olişi ortidan butun Serbiya köçalari böylab «Talabalar röyxati»ning ğalabasini nişonlaş boşlandi.

Olivier Bunic / AFP / Scanpix / LETA
«Talabalar röyxati» tarafdorlari Serbiyadagi parlament saylovlaridagi ğalabani nişonlamoqda. Belgrad, 2026-yil 25-oktabr