Bugun, 2 iyun kuni Toşkent şahridagi EOAVMA (Özbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi) media zalida Harakatlar strategiyasi doirasida navbatdagi tok-şou taşkil etildi. Unda hafta davomida mamlakat hayotida sodir bölgan eng sönggi yangiliklar, prezident tomonidan qabul qilingan qarorlar va dolzarb masalalarga bağişlangan mavzularda muhokamalar bölib ötdi. 

Tadbirda iştirok etgan «Kun.uz» muxbiri xabar berişiça, Şayxontohur tumanidagi «Suzuk ota» maqbarasi va jome' masjidi atrofidagi uylar buzilib, 6,5 gektar maydonli yerda Hunarmandlar markazi va kutubxona barpo etilişi ma'lum qilindi. 

Ma'lum bölişiça, azal-azaldan hunarmandçilik bilan şuğullanib kelayotgan sulola vakillariga maxsus ikki qavatli kottejlar topşirilib, uyning birinçi qavati ustoxona bölib, bu esa hunarmandlarga erkin faoliyat qilişlari uçun qulay şaroit yaratib beradi.

Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev 26 may kuni poytaxtning Şayxontohur tumaniga taşrifi davomida hunarmandçilik rivojlangan «Suzuk ota» mahallasida bölgandi.