Şavkat Mirziyoyev 26 may kuni poytaxtning Şayxontohur tumanidagi «Suzuk ota» maqbarasi va jome' masjidida böldi.
«Istiqlol yillarida mamlakatimizda vijdon erkinligi, diniy bağrikenglik tamoyillarini ta'minlaş, ularning qonuniy asoslarini yaratiş va rivojlantiriş masalalariga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Imon-e'tiqod, mehr-oqibat, muruvvat kabi fazilatlar xalqimiz ma'naviy hayotini yuksaltirişda muhim asos bölib xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahnamoligida milliy urf-odat va qadriyatlarimizni tiklaş, muqaddas dinimizni, aziz avliyo va ulamolarimizning boy merosini teran örganiş, ularning qadamjolarini obod qiliş, tarixiy obidalarni asrab-avaylaş yölida beqiyos işlar amalga oşirilmoqda», deya yozadi ÖzA.
Suzuk otaning asl ismi Mustafoqul bölib, 1140 yilda tavallud topgan. U Ahmad Yassaviyning qizi Gavhari Huştojning kenja öğli bölgan. Bolalik çoğida bobosi u kişini erkalab «Mening suzigim (suyukligim), xuş keldingiz!», degani bois atrofdagilar ham uni şu ism bilan çaqira boşlagan. Suzuk ota yuzlab şogirdlarga ilm berib, hunarga, halol mehnatga örgatgan. 1363-1364 yillarda Amir Temur Yassaviyning nabirasi Suzuk ota qabri ustida maqbara va masjid bunyod ettirgan.
Mustaqillik yillari bu muqaddas qadamjo qayta tiklanib, obodonlaştirildi. «Suzuk ota» mahalla fuqarolar yiğinida beş mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mahallada hunarmandlik, duradgorlik, öymakorlik rivojlangan.
Muqaddas dinimizga muvofiq maqbarada Qur'oni karimdan tilovat qilindi.
«Uşbu masjid va maqbara ma'naviyatimizni yanada yuksaltirişga, yurtimizda ezgulik nurini ziyoda etişga xizmat qilişi kerak. Bu yerda hunarmandlar markazi va kutubxonasi taşkil etiş lozim», dedi davlat rahbari.
Prezident mutasaddilarga maqbara va masjidni rekonstruksiya qiliş, atrofini obodonlaştiriş böyiça topşiriqlar berdi.








