AQŞ kongressida Miçigan ştatidan Respublikaçilar partiyasini bildiruvçi Tim Uolberg agar global isiş haqiqatan ham jiddiy muammo bölsa, unda u haqda Tangri taolo ğamxörlik qilişini aytdi.

Kongressmen bu haqda 26 may kuni Kolduoter şahrida saylovçilar bilan uçraşuvda aytib ötgan, deb xabar bermoqda Time naşri.

"Men iqlim özgarayotganiga işonaman. Iqlim özgarişi azaldan yuz berib kelişiga işonaman. Bunga odam ta'sir qiladi, deb öylaymanmi? Ha, şunday deb öylayman. Inson butun koinotni özgartira oladimi? Yöq. Nima uçun men şunday deb öylayman? Nasroniy sifatida men Tangri yaratuvçi, bizdan ança qudratliroq ekanligiga işonaman. Men işonamanki, agar muammolar bölsa, Tangri ular borasida ğamxörlik qiladi", deb aytgan Uolberg. 

Kongressmen şu sözlaridan keyin odamlarning norozi hayqiriqlarini eşitib, hammaning ham öz fikriga qöşilişini kutmasligini aytdi.

Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞning iqlim böyiça Parij kelişuvidan çiqişi böyiça qaror qabul qildi. Trampning fikriça, bu kelişuv AQŞ iqtisodiyotiga ziyon yetkazadi va iş örinlari qisqarişiga olib keladi.

Uşbu kelişuv 2016 yilda Kioto bayonnomasi örniga kelgan va 2020 yildan boşlab atrof-muhitga karbonat angidrid gazini çiqarişni kamaytiriş böyiça çoralarni körişga çorlaydi. Kelişuvga köra, AQŞ 2025 yilgaça atmosferaga çiqaruvçi issiqxona gazlari hajmini 26-28 foizga kamaytirişi kerak edi.