Jahon meteorologiya taşkilotining (JMT) yangi hisobotiga köra, 2025-yilda atmosferadagi karbonat angidrid (CO2) va boşqa asosiy issiqxona gazlari konsentratsiyasi misli körilmagan darajada yuqori körsatkiçlarga yetdi. Bu esa sayyorada haroratning yanada uzoqroq muddatga kötarilişiga olib keldi.

Issiqxona gazlari böyiça JMT byulletenida maʼlum qilinişiça, 2025-yilda CO2 ning yer sirtiga yaqin global örtaça konsentratsiyasi millionga 426,8 uluşni (ppm) yoki 1750-yildagi sanoatlaşuvgaça bölgan bazaviy darajaning 153 foizini taşkil etdi. Inson faoliyati bilan boğliq hamda uzoq saqlanib qoluvçi issiqxona gazlari orasida ahamiyati böyiça ikkinçi va uçinçi örinda turadigan metan va azot çala oksidi konsentratsiyasi ham yangi rekord darajaga yetdi.

«Yana bir yil - yana bir yangi rekord. Issiqxona gazlari atmosferada misli körilmagan miqdorda issiqlikni uşlab qolmoqda, bu esa ekstremal ob-havo hodisalarining hamda ular bilan boğliq iqtisodiyotimiz va jamiyatimiz uçun xavf-xatarlarning kuçayişiga olib kelmoqda. Sönggi 11 yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq davr böldi va bu tendensiya, aftidan, saqlanib qoladi. CO2 atmosferada juda uzoq vaqt saqlanib qoliş xususiyatiga ega, şu sababli u global iqlimga şunçaki köp yillar emas, balki önlab yillar va hatto asrlar davomida taʼsir körsatadi», - dedi JMT Boş kotibi örinbosari Ko Barrett.