Amaliy taşrif bilan Turkiyada bölib turgan prezident Şavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni Iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş sohasidagi harakatlar böyiça Jahon sammitining oçiliş marosimida iştirok etdi.

Tadbir BMT Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasida Antaliya şahrida bölib ötmoqda.

Oçiliş marosimida turli mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro taşkilotlar hamda moliyaviy institutlar boşliqlari ham qatnaşdi.

Sammit doirasida delegatsiyalar rahbarlarining birgalikda suratga tuşiş marosimi bölib ötdi.

“Barqaror, osoyişta va adolatli kelajak sari” şiori ostida ötayotgan yetakçilar sammiti iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş va global ekologik majburiyatlarni bajariş borasidagi xalqaro saʼy-harakatlarga yangi surʼat bağişlaşga qaratilgan.

COP31 konferensiyasi 9-noyabr kuni boşlangan va 20-noyabr kuniga qadar davom etadi. Unda davlatlar, xalqaro taşkilotlar, işbilarmon va ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati vakillari iştirok etmoqda. Parij bitimini hayotga tatbiq qiliş, havoga issiqxona gazlarini çiqarişni qisqartiriş, iqlim özgarişi oqibatlariga moslaşiş, iqlim moliyasi qamrovini kengaytiriş hamda “yaşil iqtisodiyot”ga ötiş jarayonini jadallaştiriş masalalari diqqat markazida böladi.

Suv resurslari taqçilligi, tuproqning tanazzulga uçraşi, muzliklar erişi, qurğoqçilik va global isişning boşqa oqibatlari kuçayib borayotgan şaroitda bu masalalar Özbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi uçun muhim ahamiyat kasb etadi.

Sammit doirasida Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston hamkorligida xalqaro şeriklar kömagida işlab çiqilgan “Markaziy Osiyoda iqlim özgarişiga çidamli landşaftlar” (CLiCA) mintaqaviy dasturiga start berilgani bu borada muhim qadamlardan biri böldi.

Uşbu yetti yilga möljallangan dasturni moliyalaştirişga yönaltiriladigan mablağlarning umumiy hajmi 264,4 million yevroni taşkil etadi, şundan 103,7 million yevro Özbekiston uçun möljallangan. Mablağlar örmonlar va yaylovlarni tiklaş, qişloq xöjaligida iqlim özgarişi şaroitida barqaror yondaşuvlarni joriy etiş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda qişloq aholisining iqlim özgarişiga moslaşiş imkoniyatlarini kengaytirişga yönaltiriladi.

Özbekiston global iqlim kun tartibi doirasida zimmasiga olgan majburiyatlarni izçil bajarib kelmoqda. Xususan, 2035-yilga qadar yalpi içki mahsulot birligiga töğri keladigan gaz çiqindilarini 2010-yildagi körsatkiçga nisbatan 50 foizga qisqartiriş maqsad qilingan.