Bu mablağlar örmonlar va yaylovlarni tiklaş, qişloq xöjaligida iqlim özgarişiga çidamli texnologiyalarni joriy etiş, şuningdek, fermerlarning iqlim özgarişi oqibatlariga moslaşişi uçun zarur moliyaviy vositalardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga yönaltiriladi.

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabariga köra, dastur Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston bilan hamkorlikda işlab çiqilgan.

Dasturning Özbekistonda kutilayotgan natijalari:

  • 342 ming nafar aholining iqlim xavflariga çidamliligini oşiriş (ularning qariyb yarmini ayollar taşkil etadi);

  • 164 ming gektar örmon, yaylov va qişloq xöjaligi yerlarida iqlim özgarişiga çidamli boşqaruv usullarini joriy etiş;

  • issiqxona gazlari taşlamalarini kamaytiriş va ularning yutilişini oşiriş orqali 1,07 million tonna CO₂ ekvivalentidagi natijaga erişiş.

CLiCA dasturining amalga oşirilişi Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy ekologik va iqlim muammolarini hal etiş borasidagi saʼy-harakatlarini birlaştiriş imkonini beradi. Bunda tabiiy ekotizimlarni saqlaş, yer resurslaridan barqaror foydalaniş va iqlim özgarişi oqibatlariga eng zaif mahalliy hamjamiyatlarni qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratiladi.

“Uşbu dasturning maʼqullanişi yanada barqaror hamjamiyatlar va landşaftlarni şakllantiriş yölidagi muhim qadamdir. Qirğiz Respublikasi, Tojikiston va Özbekistondagi hamkorlarimiz bilan birgalikda umumiy maqsadimizni Markaziy Osiyo aholisi va tabiati uçun uzoq muddatli natijaga aylantirişni közlayapmiz”, – dedi GIZ vakillari.

Ekologiya qömitasining qayd etişiça, CLiCA dasturi Özbekistonning iqlim sohasidagi ustuvor vazifalarini amalga oşirişga xizmat qiluvçi qöşimça vositaga aylanadi. Jumladan, degradatsiyaga uçragan yerlarni tiklaş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va iqlim özgarişiga çidamli qişloq xöjaligini rivojlantiriş kabi yönalişlarni qöllab-quvvatlaydi.