Dubaydagi Ayam galereyasida suriyalik rassom Abdulloh Al-Umariyning "Zaiflik" nomli körgazmasi oçildi. Körgazmada rassomning jahon yetakçilarining uruş tufayli uylarini tark etişga majbur bölgan qoçqinlar körinişidagi suratlari namoyiş qilinmoqda. Bu haqda galereya saytida ma'lum qilindi.  

Suratlarda qoçqinlar körinişida Donald Tramp, Vladimir Putin, Başar Asad, Kim Çen In, Boris Jonson, Tereza Mey, Nikolya Sarkozi, Fransua Olland, Devid Kemeron, Barak Obama, Angela Merkel kabi siyosatçilarni köriş mumkin.

Rassomning özi Suriyadan uruş tufayli qoçişga majbur bölgan. U ayni vaqtda Belgiyada yaşaydi. U suratlari orqali jahon yetakçilari ham "zaif" ekanliklarini körsatişga harakat qiladi. Uning suratlarida jahonning kuçlilari gadoylar, qoçqinlar va boşpanasiz odamlar körinişida tasvirlangan.

U suratlaridan birida özini qoçqinlar körinişidagi jahon yetakçilari bilan birga ovqat uçun navbatda turgan alfozda tasvirlagan. 

Körgazmaning matbuot bayonotida rassom bu suratlarni siyosatçilar ustidan kuliş yoki ularni foş qiliş maqsadida yaratmagani aytilgan. U şunçaki ularni hokimiyat elementlarisiz: kostyumsiz, orqalarida hilpirab turuvçi bayroqlarsiz tasvirlaşga harakat qilgan. Ular bunday alfozda ança insoniyroq körinişadi.

"Men bu siyosatçilardan hokimiyatni özim uçun yoki dardimni yupatiş uçun emas, ularga insoniylikni qaytariş uçun tortib olişni istayman", deb aytgan rassomning özi.