Olimlar kofeinga doir tadqiqot ötkazişdi. U haqiqatdan tetiklikni qaytariş, uyquga töymaslik va çarçoq bilan boğliq muammolarni bartaraf etişga yordam beradi, biroq kofein dozasining me'yordan oşirilişi organizm uçun jiddiy xavf keltirişi mumkin. Bu haqida "Inforeaktor" naşrida xabar berildi.
Ma'lumki, me'yor deganda kuniga 400 milligramm (mg) qahva tuşuniladi - bu taxminan 4 finjon qahva. Qahva iste'moli şu körsatkiçdan oşgan taqdirda, uning belgilari insonning taşqi körinişida namoyon böladi: qizariş, yurakning tez urişi, muşaklar, nutq, fikrlaş hamda oşqozon-içak trakti faoliyatining buzilişi.
Şuningdek asabiylaşiş, asossiz bezovtalik va kayfiyatning özgarişi ham kofein dozasining oşirilişi natijasida yuzaga keladi.
Olimlar 10 yoşgaça bölgan bolalarga umuman kofein iste'molini taqiqlaşadi. Ösmirlar uçun kunadlik doza - 100 mg, katta yoşlilar uçun esa - 200 mg. Maksimal ta'sir 2 soatdan keyin seziladi, şuning uçun qahva yoki çoyni uyqudan 4 soat oldin içiş maqsadga muvofiq.












