Farğona viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda Farğona şahrida tezkor tadbir ötkazildi.
Ötkazilgan tezkor tadbir davomida Farğona şahri hududida Özbekiston fuqarosi şartli xaridorga oldindan kelişilgan 65 mln söm evaziga 4 turdagi ozdiriş uçun möljallangan qahva hamda biologik qöşimçalarni ötkazayotgan vaqtida tadbir iştirokçilari tomonidan töxtatib qolindi.


Şundan söng uşbu fuqaroning körsatmalariga asosan Özbekistonda bölib turgan xorijiy davlat fuqarosi ham qölga olindi.

Ekspertiza xulosasiga köra, 2 turdagi jami 4860 dona ozdiriş uçun möljallangan “Catalina Coffee” va “For x5 mixed coffee” mahsulotlari tarkibida “sibutramin” nomli kuçli taʼsir qiluvçi modda borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











