IŞID terrorçilik taşkiloti Londonda 4 iyunga ötar keçasi sodir etilgan terakt uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi. Bu haqda tvitterda jangarilar faoliyatini kuzatiş bilan şuğullanuvçi isroillik tadqiqotçi Rita Kats ma'lum qildi.   

Bu haqdagi xabar terrorçilar nazoratida bölgan "Amak" yangiliklar agentligidan olingan. Xabar IŞID foydalanuvçi kanallar orqali tarqatilgan. Bu ma'lumotni Reuters axborot agentligi jurnalistlari ham tasdiqlaşgan. 

4 iyunga ötar keçasi London köprigida noma'lum kimsalar furgonli maşinada piyodalar yölakçasidagi odamlarni urib ketib, Boro-Market bozorigaça borişgan. Söngra bu yerda terrorçilar mikroavtobusdan tuşib, odamlarga uzun tiğli piçoqlar bilan hujum qilişgan. Politsiya bosqinçilarni yöq qilgan, ularning tanasida portlovçi qurilmalarning mulyaji aniqlangan. 

Terakt oqibatida 7 kişi halok bölgan, ular orasida Fransiya va Kanada fuqarolari ham bor. 50 ga yaqin kişi jarohat olgan. Hujum rasman terakt deb tan olingan. Politsiya hujumlarga aloqadorlikda gumon qilingan 12 kişini qölga olgan.

IŞID, şuningdek, 23 mayda "Mançester-Arena"da qöşiqçi Ariana Grandening konsertida sodir etilgan terakt uçun ham javobgarlikni öz zimmasiga olgandi. Kontsert vaqtida sodir etilgan portlaş oqibatida 22 kişi, asosan bolalar va ösmirlar halok bölgan, önlab kişilar jarohat olgan.