Özbekiston milliy terma jamoasi bugun, 6 iyun kuni Toşkent şahrida Tailand futbolçilari bilan özaro bahs olib bordi. “Bunyodkor” stadionida ötkazilgan örtoqlik öyinida Özbekiston termasi 2:0 hisobida zafar quçdi.

Uçraşuvning 68-daqiqasida Eldor Şomurodov tomonidan uzatilgan töpni Temurxöja Abduxoliqov raqib darvozasiga kiritdi. Öyin yakunida Sardor Raşidov çiroyli zarba bilan hisobni oşirişga muvaffaq böldi. Qayd etiş joiz, Samvel Babayan mazkur öyinda tajribaviy tarkibni sinovdan ötkazdi.

Mazkur öyin Özbekiston termasi uçun Eronga qarşi 12 iyun kuni ötkaziladigan JÇ–2018 saralaş öyiniga tayyorgarlik vazifasini ötadi.  Tailand termasi öz navbatida 13 iyun sanasida BAAga qarşi töqnaş keladi.

Örtoqlik uçraşuvi
Toşkent, “Bunyodkor” 
6 iyun, seşanba

Özbekiston – Tailand 2:0

Gollar: Temurxöja Abduxoliqov (68), Sardor Raşidov (90+2)

Ogohlantiriş: Tanabun Kesarat (86)

Özbekiston: Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreyev, Yegor Krimets, Otabek Şukurov, Akmal Şorahmedov, Aziz Haydarov (Murod Xolmuhamedov, 82), Vadim Afonin, Server Jyeparov (Temurxöja Abduxoliqov, 62), Jaloliddin Maşaripov (Eldor Şomurodov, 46), Marat Bikmayev (Sardor Raşidov, 52), Igor Sergeyev (Aleksandr Geynrix, 67).

Tailand: Sintxaviçai Xatxairattakul, Kevin Diromram, Pansa Xemvibun, Çalermpong Kerdkayev, Narubadin Viravatnodom (Puttinan Vannasri, 72), Titipan Puangjan (Piradol Çamrasami, 79), Tanabun Kesarat, Sanravat Deçmitr (Tiratep Vinotay, 63), Bordin Pala (Rungrut Pumiçantuk, 83), Nurul Sriyankem (Çutipon Tangtai, 62), Sirod Çattong (Çayavat Buran, 90).