Tailand Turizm va sport vazirligi Kolumbiya, Meksika va Özbekistondan keluvçi sayyohlar uçun 15 kunlik vizasiz rejimni joriy etişni rejalaştiryapti. Bu orqali viza rasmiylaştirişdagi jiddiy keçikişlarni bartaraf etiş va uzoq masofalardan keladigan sayyohlar oqimini oşiriş közda tutilgan, deya xabar berdi mahalliy The Nation naşri.
Mazkur taşabbus xalqaro aviakompaniyalar duç kelayotgan taşkiliy muammolar kuçaygani ortidan ilgari surilmoqda. Xususan, yaqinda Emirates aviakompaniyasi Tailand turizm boşqarmasiga rasmiy şikoyat yöllagan. Şikoyatda meksikalik yölovçilar parvoz vaqtigaça Tailand vizasini olişga ulgurmagani sababli Meksikadan uçadigan har bir reysda örtaça 20 nafardan 30 nafargaça yölovçi röyxatdan öta olmagani keltirilgan.
Tailand turizm va sport vaziri Surasak Phançaroenvorakul Meksika va Lotin Amerikasining boşqa mamlakatlaridan keladigan sayyohlar vizalarni uzoq kutiş muammosiga duç kelayotganidan vazirlik xabardor ekanini tasdiqlagan.
«Vazirlik uzoq muddatli yeçim sifatida 9-noyabr kuni bölib ötadigan Viza siyosati böyiça qömita yiğilişiga istiqbolli Lotin Amerikasi va boşqa maqsadli mamlakatlar, jumladan, Kolumbiya, Meksika va Özbekiston uçun 15 kunlik vizasiz kirişni maʼqullaş taklifini kiritdi», - degan u.
Jumladan, özbekistonlik sayyohlar elektron viza olişning murakkab tartibiga duç kelgan, çunki arizalar faqat Tailandning Rossiyadagi elçixonasi orqali körib çiqilgan. Bu murakkab va uzoq çözilgan jarayon mahalliy turoperatorlarni Tailand böyiça sayohat paketlarini bekor qilib, Vetnam kabi raqobatdoş yönalişlarni tanlaşga majbur qilgan.
Bundan taşqari, Lotin Amerikasida vizalarni körib çiqiş va berişdagi surunkali keçikişlar sababli meksikalik va kolumbiyalik sayyohlar muntazam ravişda rejalaştirilgan vaqtda sayohatga çiqa olmayapti.
Avvalroq, Tailand hukumati dunyoning 93 mamlakati, jumladan, Özbekiston fuqarolari uçun amalda bölgan 60 kunlik vizasiz rejimni 15-sentabrdan rasman bekor qilgani haqida xabar qilingandi.

















