“Özgidromet” markazidan olingan ma'lumotga köra, ob-havo haroratining keskin kötarilişi natijasida, Toşkent viloyatining yuqori toğli hududlaridagi mavjud qor qatlamlarining jadal erişi tufayli Çirçiq daryosining suv sarfi köpayib daryo qirğoqlarini yemirilişiga olib kelişi aniqlandi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Hozirda, mutaxassislar tomonidan Çirçiq daryosining jami 11 ta uçastkalarida (Yuqoriçirçiq – 4 ta, Qibray – 2 ta, Quyiçirçiq – 3 ta va Yangiyöl – 2 ta) qirğoqlarining yemiriş holatlari hamda suv bosiş xavfi yuqoriligi ta'kidlanmoqda. Mazkur hududda jami 254 ta xöjalik (1615 nafar fuqaro), 23 ta dala hovlilar va 80 ga ekin yer maydonlari mavjud.
Özbekiston Respublikasi Boş vaziri - Fuqaro muhofazasi boşliğining 2017 yil 31 maydagi “Toşkent viloyati hududidan oqib ötuvçi Çirçiq daryosining özanida va qirğoqlarida keçiktirib bölmaydigan muhandislik-texnik va boşqa himoya işlarni taşkil etiş töğrisida”gi 3-sonli buyruğining ijrosini ta'minlaş maqsadida, FVV, Qişloq va suv xöjaligi vazirligi, Özgidromet, Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati markazi, Yergeodezkadastr davlat qömitasi, Toşkent viloyati hokimligi mas'ul xodimlaridan iborat 6 ta guruh taşkil etilgan bölib, ular tomonidan Çirçiq daryosi qirğoq muhofaza zonasini örganiş böyiça tegişli işlar amalga oşirilmoqda.
Suv bosişi mumkin bölgan hududlarni oldini oliş, kelgusida aholini va ekin yer maydonlarni sodir bölişi mumkin bölgan suv toşqini bilan boğliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş borasida keçiktirib bölmaydigan muhandislik-texnik va boşqa himoya işlarni amalga oşiriş maqsadida, Çirçiq daryosining qirğoqlarida 7 iyun holatiga jami bölib, 3230 m3 xarsang toş, 480 m3 beton, 1760 m3 toş-şağal işlari bajarildi.
Amalga oşirilayotgan işlarni muvofiqlaştiriş maqsadida, Toşkent viloyati hokimligida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toşkent viloyati Içki işlar boşqarmasi mas'ul xodimlari, tegişli vazirlik va idora vakillaridan iborat tezkor ştab taşkil etilgan.
Çirçiq daryosi yaqinidagi hududlarda mavsum davomida suv sathining kötarilişi natijasida qirğoq yaqinidagi binolarning zarar körişi hamda insonlar hayotiga xavf tuğdirişi mumkinligini inobatga olgan holda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Çirçiq daryosi qirğoq muhofaza zonasida xavfsizlik qoidalariga rioya qilişingizni söraydi.












