Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Kiyev Donbassdagi antratsit konlari ustidan nazoratni qaytarişiga işonçi komil ekanini bildirdi.

«Biz aniq işonamizki, bosib olingan hududlarni ozod qilamiz, biz Ukrainaning antratsit konlarini qaytaramiz hamda nima samarali bölişi va qanday kömirdan foydalanişni tanlaymiz», - deya ma'lum qilgan prezident Tripol IESda çiqiş qilib. «112 Ukraina» telekanali uni efirga uzatgan.

Poroşenkoning ta'kidlaşiça, ayni damda Zmiyov IES energobloklarining modernizatsiyasi yakunlangan.

Avvalroq, Ukraina energetika vazirligi 2019 yilga kelib kömirning antratsit guruhidan butunlay voz keçiş borasida rejalarga ega ekani haqida ma'lum bölgandi.