Prezident matbuot xizmati xabariga köra, gaz zaxiralarini köpaytiriş uçun geologiya-qidiruv işlari kengaytirilmoqda. Joriy yilda 3D seysmik razvedka işlari hajmini ötgan yilga nisbatan beş barobar oşiriş rejalaştirilgan.
Yil boşidan hududlarda 6 ming metrgaça va undan ortiq çuqurlikda 80 ta quduq burğilangan. Istiqbolli maydonlarni, ayniqsa, Ustyurtning çuqur qatlamlarini örganiş, yangi konlarni özlaştiriş va mavjud quduqlar samaradorligini oşirişga eʼtibor qaratilmoqda. Xorijiy hamkorlar bilan yangi quduqlarni burğilaş va geofizik maʼlumotlarni qayta tahlil qiliş loyihalari amalga oşirilmoqda.
Taqdimotda gaz yetkazib beriş tizimining quvvatini oşiriş masalasi ham körib çiqildi. Rejalar yangi magistral gaz quvurlarini quriş, kompressor stansiyalarini modernizatsiya qiliş va ayrim stansiyalarda zamonaviy elektr dvigatellarini işga tuşirişni qamrab oladi.
Uşbu loyihalar gaz taʼminoti barqarorligini oşiriş hamda yiliga 125 million kub metr gaz tejaş imkonini berişi kutilmoqda. Ularni moliyalaştiriş manbalari böyiça takliflar ham muhokama qilindi.
«Mustaqillikning 25 yilligi» konidagi avariyani bartaraf etiş işlari haqida alohida axborot berildi. Bu işlarga Xitoyning ixtisoslaşgan kompaniyasi jalb qilingan. Hozirda maxsus texnika va uskunalar hududga safarbar qilinmoqda, quduqlar burğilanadigan joylarda tayyorgarlik işlari olib borilmoqda. Jarayonning barça bosqiçlarida xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya qiliş zarurligi taʼkidlandi.
Farğona neftni qayta işlaş zavodida esa asosiy texnologik qurilmalar taʼmirlangani natijasida dizel yonilğisi işlab çiqariş 30 foizga, bitum 60 foizga, aviakerosin işlab çiqariş beş barobarga oşgan.
Yil oxirigaça zavod quvvatlaridan foydalaniş darajasini 40 foizdan 65 foizga yetkaziş rejalaştirilgan. Şuningdek, korxonani xomaşyo bilan barqaror taʼminlaş va qarzdorligini kamaytiriş çoralari köriladi.
Taqdimotda «Özbekneftgaz» va uning tasarrufidagi yirik korxonalarning moliyaviy natijalari ham tahlil qilindi. Töqqiz oy yakunida ularning jamlangan sof foydasi ötgan yilning mos davriga nisbatan ösgan, qarzdorligi esa kamaygan. Yuqori foizli kreditlar şartlarini qayta körib çiqiş orqali foiz xarajatlari qisqartirilgan.
Prezident masʼullarga geologiya-qidiruv va burğilaş işlari natijadorligini oşiriş, yirik loyihalarni puxta hisob-kitob va aniq moliyalaştiriş manbalari asosida amalga oşiriş böyiça körsatmalar berdi.

















