Kondan qança gaz qazib oliş mumkinligini baholaş uçun muhandislar kompyuter modellarini tuzadi. Bunday modellarga toğ jinslarining ğovakligi, ötkazuvçanligi, qatlam bosimi, suv xususiyatlari kabi yuzlab körsatkiçlar kerak böladi.

Ularni aniqlaş esa quduq burğilaş, toğ jinslaridan namuna oliş va laboratoriya tahlillarini talab qiladi. Bu işlar vaqt va mablağ bilan boğliq. Tadqiqotçilar har bir konda barça körsatkiçlarni birdek çuqur örganiş zarurmi, degan savolga javob izlagan.

Olimlar Ğarbiy Sibirdagi 66 ta gaz uyumiga oid maʼlumotlarni tahlil qilgan. Buning uçun «tornado-eksperimentlar» usuli qöllangan: modelda har bir geologik körsatkiç navbatma-navbat özgartirilib, uning qazib oliş prognoziga taʼsiri qayd etilgan.

Usulning nomi tabiiy tornado bilan tajriba ötkazilganini anglatmaydi. Tahlil natijalari girdob şakliga öxşaş diagrammalarda körsatiladi: prognozga eng kuçli taʼsir qiluvçi omillar eng keng tasmalar bilan belgilanadi. Bu muhim körsatkiçlarni ikkinçi darajalilaridan ajratişga yordam beradi.

Tadqiqotda turli geologik qatlamlar uçun ustuvor omillar ham farq qilişi aniqlangan.

Loyiha iştirokçisi Artyom Yeliseyevning tuşuntirişiça, nisbatan sayoz, böş va ğovak jinslardan iborat senoman qatlamlarida pastdan bosim beruvçi suvning xususiyatlari hamda gaz va suvning jinslar orasidan qanday harakatlanişi muhim. Bunday konlarda quduqlarga kutilganidan erta suv kirib kelişi, gazning bir qismi esa qatlamda qolib ketişi mumkin.

Çuqurroq joylaşgan, jinslari ziçroq goteriv qatlamlarida boşqa masalalar ustuvor: gaz hajmini töğri baholaş va qaysi qatlamlar qazib olişda amalda iştirok etayotganini aniqlaş.

Şu natijalar asosida olimlar har bir konda qaysi ölçovlarni albatta ötkaziş, qaysilarini esa qisqartiriş yoki ulardan voz keçiş mumkinligini belgilovçi algoritm taklif qilgan. Masalan, ayrim konlarda bosim monitoringini kuçaytiriş va köproq jins namunalari oliş zarur bölsa, boşqalarida quduqlarda suyuqlik va gaz harakatini örganuvçi gidrodinamik tadqiqotlarga eʼtibor qaratiş kerak.

Tejam, avvalo, konni örganiş dasturini aniqroq rejalaştiriş hisobiga erişilişi közda tutilgan. Mualliflar bunday yondaşuv prognoz aniqligini pasaytirmasdan, ortiqça tadqiqot xarajatlarini kamaytirişini taʼkidlamoqda.

Tadqiqotda Rossiyada işlab çiqilgan dasturlar ham sinovdan ötkazilgan. Olimlarning aytişiça, yuzlab hisoblaş variantlarida ularning tezligi va aniqligi xorijiy muqobillar bilan taqqoslangan hamda ulardan qolişmasligi qayd etilgan.