Loyihaga köra, talablar uran qazib oliş bilan şuğullanuvçi, yer qaʼridan foydalaniş huquqiga ega yuridik va jismoniy şaxslarga tatbiq etiladi. Konni özlaştiriş loyihasi radiatsiyani boşqariş rejasini ham öz içiga olişi lozim böladi.

Rejani radiatsiyaviy xavfsizlik uçun masʼul şaxs işlab çiqişi, u Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boşqarmalari bilan kelişilişi va Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi rahbariyati tomonidan tasdiqlanişi közda tutilgan.

Reja kamida har beş yilda bir marta, şuningdek, radiatsiyaviy xavfsizlikka taʼsir qiluvçi texnologik özgarişlar kiritilganda qayta körib çiqilişi taklif etilmoqda. Yer qaʼridan foydalanuvçilar har yili 31-dekabrga qadar uning bajarilişi töğrisida hisobot taqdim etişi nazarda tutilgan.

Hujjatda rejani körib çiqiş uçun beş iş kunigaça muddat belgilanmoqda. Taklif va eʼtirozlar bölmasa, tasdiqlangan reja bir iş kuni içida yer qaʼridan foydalanuvçiga yuborilişi lozim. Asoslantirilgan eʼtirozlar mavjud bölsa, ular haqida uç iş kunidan keçiktirmay yozma xabar berilişi, qayta işlangan tahrir esa ön iş kuni içida taqdim etilişi közda tutilgan.

Xodimlarni himoya qiliş va radiatsiya nazorati

Loyihada xodimlarni dastlabki va davriy tibbiy körikdan ötkaziş, şaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlaş, individual nurlaniş dozalarini nazorat qiliş va hisobga oliş çoralari nazarda tutilgan. Şuningdek, xodimlarni radiatsiyaviy xavfsizlik böyiça tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tartiblari rejada aks ettirilişi kerak.

Iş joylarida gamma nurlaniş, radon konsentratsiyasi va havodagi radioaktiv aerozollar monitoringini taşkil etiş taklif qilinmoqda. Rejada ölçaş usullari va davriyligi, natijalarni saqlaş va tahlil qiliş tartibi hamda nazorat darajalari oşganda köriladigan çoralar belgilanişi lozim böladi.

Qazib oliş işlarini radioaktiv çang hosil bölişi va radon ajralişini kamaytiruvçi texnologiyalar asosida olib boriş közda tutilgan. Rudani qayta işlaş quvvatlarini yopiq suv aylaniş tizimlari va filtrlaş vositalari bilan jihozlaş, avtomatlaştirilgan radiatsiya nazorati hamda ogohlantiriş tizimlaridan foydalaniş ham nazarda tutilmoqda.

Atrof-muhit va radioaktiv çiqindilar

Rejada konçilik işlari boşlanişidan oldin hududning radiatsiyaviy-ekologik holati qayd etilişi kerak. Faoliyat davomida atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari, tuproq hamda biologik obyektlar monitoringi va davriy laboratoriya tahlillarini ötkaziş taklif etilmoqda.