Özbekistonda yer qaʼridan foydalaniş böyiça xususiy tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini tasdiqlaş tartibini takomillaştiriş böyiça Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi işlab çiqildi.

Hujjat bilan «Yer qaʼridan foydalaniş böyiça loyiha hujjatlarini tasdiqlaş tartibi töğrisida»gi nizomni tasdiqlaş taklif etilmoqda.

Yangi tartib yer qaʼrini geologik jihatdan örganiş va konni özlaştiriş loyihalarini tasdiqlaş, şuningdek texnik-iqtisodiy asoslarni körib çiqiş va ekspertizadan ötkazişni qamrab oladi.

Loyihaga köra, bu işlar Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi «Yer qaʼridan foydalaniş markazi» davlat muassasasi tomonidan amalga oşiriladi. Toğ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qiliş inspeksiyasi esa belgilangan masalalar böyiça xulosa beradi.

Geologik jihatdan örganiş va konni özlaştiriş loyihalari hamda texnik-iqtisodiy asoslarni tasdiqlaş yoki ekspertizadan ötkaziş uçun arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali - YAIDXP orqali topşirilişi nazarda tutilgan.

Markaz tomonidan körsatiladigan xizmatlar şartnoma asosida amalga oşiriladi. Şartnoma böyiça xizmat haqi 100 foiz oldindan tölanadi.

Şu bilan birga, ariza beriş uçun BHMning 50 foizi miqdorida alohida yiğim undirilişi ham nazarda tutilgan.

Loyihada xizmatlar uçun tölovlar foydali qazilma turi va loyiha yönalişiga qarab farqlanişi belgilanmoqda.

Jumladan, noruda foydali qazilmalar böyiça geologik örganiş loyihasini tasdiqlaş uçun loyiha investitsion qiymatining 0,06 foizi miqdorida tölov belgilanadi. Biroq u BHMning 20 baravaridan kam va 50 baravaridan köp bölmasligi kerak.

Foydali qazilmalarning asosiy turlari va uglevodorodlarni geologik örganiş loyihalari uçun ham 0,06 foizlik stavka taklif qilingan, bunda eng kam tölov BHMning 70 baravari, eng köp tölov esa 200 baravari böladi.

Noruda foydali qazilmalar böyiça konni özlaştiriş loyihasini tasdiqlaş va texnik-iqtisodiy asosni ekspertizadan ötkaziş uçun loyiha qiymatining 0,03 foizi undirilişi mumkin. Bu miqdor BHMning 70 baravaridan kam va 150 baravaridan köp bölmasligi belgilanmoqda.

Asosiy turdagi foydali qazilmalar va uglevodorodlar böyiça esa stavka 0,03 foizni taşkil etib, tölov BHMning 100 baravaridan 1000 baravarigaça bölişi mumkin.