Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Toşkent şahri aholisiga birlamçi tibbiy-sanitariya yordami körsatişni boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş hamda uning samaradorligi uçun rahbarlar va mutaxassislarning kasbiy mas'uliyatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga köra, Toşkent şahri hokimligi profilaktika va patronaj işlarini hamda biriktirilgan aholiga tez tibbiy yordam körsatişni yaxşilaş uçun har bir oilaviy poliklinikani va tuman markaziy köp tarmoqli poliklinikalarini ikkita maxsus avtomobil bilan ta'minlaydi;

har yili muassasaning rejadagi quvvatiga muvofiq har bir poliklinikaga biriktirilgan aholi sonini tasdiqlaydi.

Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi va Toşkent şahri hokimligi oilaviy va tuman markaziy köp tarmoqli poliklinikalari rahbarlari va mutaxassislarining aholi oldida va xalq deputatlari şahar Kengaşi sessiyalaridagi hisobotlari yakunlari böyiça birlamçi tibbiyot-sanitariya yordami xizmatini takomillaştiriş yuzasidan har çorakda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

Boşqaruv tizimini yanada takomillaştiriş hamda Toşkent şahri aholisiga birlamçi tibbiy-sanitariya yordami körsatiş samaradorligi uçun rahbarlar va mutaxassislarning kasbiy mas'uliyatini oşiriş çora-tadbirlarining muvofiqlaştirilişini va ularning amalga oşirilişini ta'minlaş böyiça 7-ilovaga muvofiq maxsus komissiya taşkil etiladi.

Quyidagilar komissiyaning eng muhim vazifalari etib belgilandi:

Toşkent şahri aholisiga birlamçi tibbiy-sanitariya yordami körsatişning holatini puxta örganiş, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş uçun tezkor çoralar köriş, tibbiyot muassasalari rahbarlari va mutaxassislarining aholiga tibbiy xizmatlarning öz vaqtida körsatilişi, sifati va samaradorligi yuzasidan şaxsiy mas'uliyatini oşiriş çoralarini kuçaytiriş;

Toşkent şahri fuqarolarining Özbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalariga tibbiy yordam körsatiş, eng avvalo, yöl qöyib bölmaydigan sovuqqonlik, fuqarolarning asoslangan talablariga yuzaki munosabatda bölişning, tibbiyot xodimlari tomonidan öz kasbiy vazifalari vijdonan bajarilmasligi aniqlangan holatlari böyiça tuşgan yozma va oğzaki murojaatlarni tizimli tahlil qiliş hamda ular yuzasidan ta'sirçan çoralar köriş;

2017-2018 yillar yakunlari böyiça töplangan ijobiy tajribani respublikamizning boşqa şaharlarida joriy etişning maqsadga muvofiqligi töğrisida aniq takliflar kiritiş.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N.Aripov  zimmasiga yuklandi.