Ukraina sobiq boş vaziri Arseniy Yatsenyuk mamlakat Oliy radasi tomonidan qabul qilingan va Ukrainaning NATOdagi a'zoligini taşqi siyosatning ustuvor vazifasi sifatida belgilagan qonunga izoh berdi.

«Biz NATOdagi a'zolikka yana bir katta qadam qöydik. Endilikda, qonunçilik asosida bizning strategik maqsadimiz belgilandi – Şimoliy Atlantika alyansiga kiriş. Bu butun dunyoga aniq signal», - deya yozdi Yatsenyuk Facebook’dagi sahifasida.

Uning ta'kidlaşiça, Ukraina ayni damda «milliy xavfsizlikka NATO standartlarida nazarda tutilganidan köproq sarflamoqda».

«Hozirning özida Ukraina qöşinlari har kuni YeI va NATO çegaralarini himoya qilmoqda. Hozirdayoq biz nafaqat ozodlik, balki qit'adagi tinçlik uçun katta narx tölamoqdamiz. Ukrainaning Alyansga kirişi – bu bizning injiqligimiz emas, Yevropada tinçlik va barqarorlik uçun real geosiyosiy zaruratdir», - deya xulosa qilgan sobiq boş vazir.

Avvalroq, Ukraina Oliy radasi NATOga a'zolikni taşqi siyosatdagi ustuvor vazifa sifatida belgilagan qonunni qabul qilgani ma'lum böldi.

7 iyun kuni esa Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkin mamlakat NATOga xuddi Çernogoriya kabi kirişi mumkinligini ma'lum qildi.

Eslatib ötamiz, Çernogoriya 5 iyun kuni NATOning 29-a'zosiga aylandi.