Bugun, 9 iyun kuni Milliy matbuot markazida Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutining jurnalistlar uçun matbuot anjumani bölib ötdi. Tadbirda Fan va texnologiyalar agentligi va Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining matbuot xizmati rahbarlari, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mas'ul xodimlari, boşqarma boşliqlari, Özbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, Özbekiston Davlat konservatoriyasi, K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabi prorektorlari, yetakçi professor-öqituvçilari, iqtidorli yoşlar, hamda OAV xodimlari iştirok etişdi.
Bugungi kunda institutda 10dan ortiq xalqaro şartnomalar imzolangan. Şuningdek, Belgiya davlatidagi UNICA taşkiloti bilan TeMPUS-IV dasturining 6-tanlov doirasida “Özbekiston oliy ta'lim muassasalarida doktorlik ta'limining sifatini oşiriş – “UZDOC” xalqaro loyihasining şartnomasiga muvofiq 3 yillik ilmiy-uslubiy izlanişlar natijasida institutda “Doktorlik ta'limi markazi” taşkil qilingan va 16.916.00 yevro miqdoriga teng texnik jihozlar bilan ta'minlangan. Bu sohada ilmiy işlarni rivojlantiriş borasidagi işlarning yaqqol namunasidir. Hozirda Erasmus+ dasturi doirasida 2ta xalqaro loyiha (“UZDOC-2” va kredit-mobil) ustida iş olib borilmoqda.
Şuningdek, joriy yilda 1-bosqiç talabasi M.Azizova kinemotografiyani rivojlantiriş markazi bilan hamkorlikda “U” nomli qisqa metrajli filmini Rossiyalik aktyor Dmirtiy Dyujyev bilan suratga olib, Fransiyaning Kann şahrida ötkazilgan 70-xalqaro KANN festivalida iştirok etişga muyassar bölgani e'tirof etildi.
Bundan taşqari, yaqin kunlarda Özbekiston davlat san'at va madaniyat instituti talabalari Koreyalik ijodkorlar bilan hamkorlikda 10 hujjatli film suratga olinişi rejalaştirilgan.
Matbuot anjumani yakunida institutning mas'ul prorektorlari va professor-öqituvçilari OAV vakillarining qiziqtirgan savollariga javob berişdi.












