Prezident farmoniga köra, 2027-yildan aholi, ayniqsa yoşlar va davlat xizmatçilarining volontyorlik faoliyatiga oid bilim va könikmalarini rivojlantiriş böyiça yangi çora-tadbirlar amalga oşiriladi.
Xususan, volontyorlik qiliş istagidagi yoşlar uçun Service Learning - ijtimoiy xizmat asosidagi taʼlim dasturi doirasida qisqa muddatli öquv kurslari taşkil etiladi.
Şuningdek, davlat oliy taʼlim muassasalari talabalari va texnikum öquvçilari uçun «Kasbiy volontyorlik» dasturi joriy qilinadi.
Dastur doirasida davlat organlari va taşkilotlari talabalar hamda texnikum öquvçilarining darsdan böş vaqtlarida volontyorlar guruhi tarkibida faoliyat yuritişi uçun zarur şaroitlarni yaratadi.
Talabalar öz mutaxassisligiga mos volontyorlik dasturlarida ixtiyoriy ravişda iştirok etişi mumkin.
Eng muhim yangiliklardan biri - volontyorlik tajribasi işga qabul qilişda ustunlik berişi mumkin.
2027-yil 1-yanvardan tajriba-sinov tariqasida «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga ijtimoiy xodimlarni işga qabul qilişda yangi tartib qöllaniladi.
Unga köra, nomzodlarning malaka talablari böyiça körsatkiçlari teng bölgan taqdirda, volontyorlik faoliyati bilan şuğullangan nomzodlarga ustunlik beriladi.
Mazkur tartib volontyorlik bilan şuğullangan barça talabalarning avtomatik ravişda işga qabul qilinişini anglatmaydi. Ustunlik faqat belgilangan şartlar asosida, tegişli lavozimlarga tanlov jarayonida qöllaniladi.









