Madridning "Real" klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu egizak farzandli böldi. Egizaklar – Matteo ismli öğil va Yeva ismli qiz 8 iyunda tuğilişgan. Bu haqda Portugaliyaning SIC telekanaliga iqtibos keltirgan holda Daily Mail naşri xabar bermoqda.
Maşhur futbolçi ikkinçi bor ota bölmoqda, uning 6 yoşli Kiçik Kriştianu Ronaldu ismli öğli bor. Ronalduning egizak farzandlari ham birinçi farzandi kabi surrogat onadan dunyoga keldilar.
Egizaklar tuğilgani haqidagi ma'lumot Ronalduning özi tomondan ham, uning vakillari tomondan ham rasman tasdiqlanmadi.
Mart oyida AQŞda yaşovçi surrogat ona homiladorlikning sönggi oylarida ekanligi va yaqin orada futbolçi uçun egizaklar tuğib berişi ma'lum qilingandi. Futbolçiga yaqin manba egizaklar tuğilgaç Ronalduning Madrid yaqinidagi villasiga olib kelinişlarini ma'lum qilgandi.











