Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi 31-oktabr kuni Toşkentga yetib keldi. Biroq jamoa delegatsiyasi tarkibida portugaliyalik yulduz Kriştianu Ronaldu yöq.

Saudiyaning Arriyadiyah naşri xabar berişiça, boş murabbiy Ange Postekoglu Ronaldu, himoyaçi Muhammad Simakan va hujumkor futbolçi Kingsli Komanni Özbekistonga safar qiladigan tarkibga kiritmagan. Ularning örniga 18 yoşli hujumçi Abdulrahmon Sufyani jamoa tarkibidan örin olgan.

«Paxtakor» va «An-Nasr» örtasidagi uçraşuv 2-noyabr kuni Toşkentda Osiyo Çempionlar ligasi Elit musobaqasi doirasida bölib ötadi. Öyin soat 18:45 da boşlanadi.

Ronalduning Toşkentga kelişi mahalliy muxlislar orasida katta qiziqiş uyğotgan edi. Uning taşrifi kutilgani sababli uçraşuv çiptalariga bölgan talab ham ortgandi. Endi esa muxlislar portugaliyalik futbolçini stadionda köra olmaydi.

Şu bilan birga, «An-Nasr» safida senegallik hujumçi Sadio Mane kabi yulduz futbolçilarning maydonga tuşişi kutilmoqda.

«Paxtakor» Elit OÇL Ğarb mintaqasi 3 turidan keyin 2 oçko bilan 12-örinda, «An-Nasr» 3 oçko bilan 9-örinda bormoqda.