Minglik dovonga juda oz qoldi

Saudiya Arabistoni çempionati, 12-tur
«An-Nasr» - «Al-Xolud» - 5:3 (2:2)
Gollar: Dominges, 16 – 0:1. Anjelo, 24 – 1:1. Mane, 38 – 2:1. Essomba, 45+2 – 2:2. Ronaldu, 66 – 3:2. Ronaldu, 72 – 4:2. Ronaldu, 81 – 5:2. Dominges (penaltidan), 90+4 – 5:3.

Kriştianu Ronaldu faoliyatidagi 1000-gol tomon yaqinlaşib bormoqda. Portugaliyalik hujumçi 30-oktabrga ötar keçasi Saudiya Arabistoni çempionatining navbatdagi turida «An-Nasr» safida «Al-Xolud»ga qarşi keçgan öyinda (5:3) het-trik qayd etdi.

Ikkita bekor qilingan gol va 15 daqiqa içidagi het-trik

«Al-Xolud» bilan öyin Ronaldu uçun omadsiz boşlangandi. 41 yoşli forvard birinçi bölimning özida raqib darvozasini ikki bor işğol etdi, ammo ikki gol ham ofsayd tufayli bekor qilindi. «An-Nasr» esa jiddiy qarşilikka uçradi: mehmonlar 16-daqiqada Julien Domingesning goli evaziga hisobni oçdi. Anjelo va Sadio Mane öz gollari bilan mezbonlarni hisobda oldinga olib çiqdi, ammo tanaffus arafasida Loik Essomba muvozanatni tikladi – 2:2.

Ikkinçi bölimda esa Kriştianu katta sahnaga çiqdi. 66-daqiqada Joau Feliş jarima maydoniga yorib kirdi va töpni yerlatib amalda böş darvoza qarşisida turgan vatandoşiga yetkazdi. Biroz ötib uşbu hujum tandemi yana iş berdi: Feliks bu safar töpni havodan oşirdi, Ronaldu ikkinçi qavatda yutib çiqdi va boş bilan darvozani işğol etdi.

81-daqiqada u öyindagi uçinçi golini ham urişga erişdi. Tezkor qarşi hujumda Mane yakkama-yakka vaziyatga çiqib bordi, ammo zarba beriş örniga yanada qulayroq holatda bölgan jamoadoşiga pas berdi. Kriştianu töpni himoyaçilar orasidan ötkazib, aniq zarba yölladi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Dominges penaltini aniq ijro etdi va yakuniy hisobni örnatdi – 5:3.

Ronaldu uçun bu faoliyatidagi 67-het-trik böldi: u klublar safida 57 öyinda uçtadan gol urgan, yana önta het-trik Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatiga töğri keladi. Bunga qadar u bir öyinda uç bor gol urişi 2024-yil mayida «Al-Vahda»ga qarşi öyinda kuzatilgandi (6:0).

Şu kuni Feliş ham yuqori darajadagi öyin namoyiş etdi. 26 yoşli yarimhimoyaçi törtta golga assistentlik qildi: ikkitasi Ronalduga, Anjelo va Manega bittadan. Joau joriy mavsumdagi önta öyinda jami uç gol urib, yetti golli uzatma muallifi bölgan.