Bangladeş janubi-şarqida yuz bergan kuçli yomğirlar va köçkilar oqibatida halok bölganlar soni 57 kişiga yetdi, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi mahalliy hukumatga asosan.
Avvalroq 35 kişi qurbon bölgani xabar qilingandi.
Kuçli yomğirdan mamlakatning Rangamati va Bandarban okruglari eng köp zarar kördi. Jabr körgan tumanlarda telefon aloqasi işlamayapti, transport harakati buzilgan.
Rangamati okrugida köçki yuz berişi tufayli 35 kişi halok böldi, Bandarban okrugida olti kişi, jumladan, uç nafar bola qurbon bölgan. Çittagong okrugida esa noqulay ob-havo sabab 16 kişi hayot bilan vidolaşdi.
Bangladeş favqulodda vaziyatlar böyiça boşqarmasi vakili Reaz Ahmedning ma'lum qilişiça, qutqaruvçilar noqulay ob-havo sabab zarar körgan, boriş qiyin bölgan tumanlarga qarab yöl olişgan.
Davlatda musson davri iyun-sentabr oylarida kuzatiladi. Şu bilan birga, kuçli yomğirlar tufayli röy beruvçi köçkilar köplab insonlarning hayot bilan vidolaşişiga sabab böladi.
Avvalroq 35 kişi qurbon bölgani xabar qilingandi.












