Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida 25 yoşli yigit şu tumanda joylaşgan “Oltintepa” jome masjidi oldida 20 yoşli M.M.ga nisbatan kuç işlatib, bosqinçilik yöli bilan 700000 söm puli va “Samsung” uyali telefonini olib, voqea joyidan yaşiringan, deb xabar berdi Özbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.
M.M.ga kasalxonada tibbiy yordam körsatilgan.
Körilgan tezkor çoralar natijasida zöravon Oltintepa köçasida yaşovçi 1992 yilda tuğilgan V.T. ekanligi aniqlanib, qölga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











