Belgiya qiroli Filipp Ramazon oyi munosabati bilan, Belgiyaning yirik şaharlaridan biri Gentda yaşovçi marokaşlik oila bilan iftorlik qildi. Bu haqda RTL telekanali ma'lum qildi. 

Qirol uy egasi va uning 8 ta öğli va ularning oilalari bilan sut va xurmo hamda turli yeguliklardan tanovul qildi hamda Ramazon oyi fazilatlari va bu vaqtda röza tutişning foydasi haqida xabardor qilindi. Unga bu haqda uy egasining Gentdagi eng katta masjidlardan birining imomi hamda Flandriya viloyati ta'lim boşqarmasida işlovçi öğillaridan biri sözlab berdi.    

Telekanalning ta'kidlaşiça, Belgiya qirolining iftorlikda iştirok etişi Belgiya musulmon aholisining jamiyatga qöşilib ketişidagi muhim ramziy voqea böldi. 

Rasmiy ma'lumotlarga köra, Belgiyaning 11 mln aholisidan 800 mingini musulmonlar taşkil qiladi. Vaholanki, 2000 yilda ularning soni 400 mingga yaqinni taşkil qilgan. Mamlakatda köplab litsenziyaga ega bölmagan hamda xonadonlar va garajlarda taşkil etilgan ibodat qiliş joylaridan taşqari rasman tan olingan 350 ga yaqin masjid faoliyat yuritadi.