Şavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazining oçilişi hamda iftorlik marosimida iştirok etdi
|04:19 / 18.03.202612 85610 min
Davlat rahbari xalqimiz ahil, bir oila bölib yaşayotgani eng katta boyligimiz ekanini yanada çuqur his etiş zarurligini ta’kidladi. Uşbu majmuani bunyod etişga munosib hissa qöşgan barçaga minnatdorlik bildirdi. Uşbu markaz el-yurt va jahon ahliga hamişa beminnat xizmat qiladigan tinçlik, ezgulik, bilim va ma’rifat maydoni bölib qolişiga işonç bildirdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 17 mart kuni Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy oçilişi hamda iftorlik marosimida iştirok etdi.
Marosimga hududlardagi studiyalar orqali keksalar, olimlar, keng jamoatçilik vakillari ulandi. Şuningdek, turli millat va diniy konfessiyalar a’zolari, diplomatik korpus namoyandalari, xalqaro taşkilotlar vakillari ham qatnaşdi.
Tadbir avvalida davlat rahbari xalqni muborak Ramazon oyi bilan yana bir bor çin qalbdan tabrikladi. Şu uluğ ayyom kunlariga barçamizni tinç-omon, soğ-salomat yetkazgani uçun Alloh taologa behad şukronalar aytildi.
Ramazon oyi – mehr-oqibat, ezgulik va savobli amallar ramzi. Bugungi kunda davlat va nodavlat taşkilotlar, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Mahallalar uyuşmasi, Musulmonlar idorasining “Vaqf” xayriya jamoat fondi, hududlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, şuningdek, saxovatli tadbirkorlar tomonidan keksa va nogironlar, kam ta’minlangan oilalar, kömakka muhtoj insonlarga moddiy va ma’naviy yordam körsatilmoqda. Tibbiyot bölinmalari olis va çekka hududlarga çiqib, ayollar, bolalar va nuroniylarni tibbiy körikdan ötkazmoqda, oğir bemorlarni operatsiya yöli bilan davolaş işlari olib borilmoqda.
Bunday xayrli işlar jamiyatimizda inson qadrini uluğlaş, tinçlik va umummilliy birlik muhitini mustahkamlaşga xizmat qilayotgani qayd etildi.
Davlatimiz rahbari hozirgi ğoyat tahlikali zamonda tinçlik naqadar uluğ va bebaho ne’matligini, 38 milliondan ziyod aholimiz yagona xalq, ahil bir oila bölib yaşayotgani eng katta boyligimiz ekanini yanada çuqur his etiş zarurligini ta’kidladi. Davrada Özbekistondagi diplomatik korpus vakillari ham qatnaşayotgani muqaddas dinimizning insonparvarlik va bağrikenglik qadriyatlariga, mamlakatimizning oçiqlik siyosatiga hurmat ifodasi sifatida baholandi.
Bu kun xalqimiz uçun yana bir tarixiy voqea – Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy oçiliş marosimi ötkazilayotgan kun ekani alohida ta’kidlandi.
– Ne-ne ajdodlarimizning orzu-niyatlari, armonlari röyobga çiqqan mana şunday unutilmas kun bilan, çinakam ilm-ma’rifat bayrami bilan hammangizni çin qalbimdan tabriklayman.
Mamlakatimizning uç ming yillik şonli tarixi va boy madaniyatining, Yangi Özbekiston imkoniyatlarining yorqin közgusi bölgan uşbu betakror va buyuk majmua barçamizga, butun xalqimizga muborak bölsin! – dedi Prezident.
Mavzuga oid
Ta’kidlanganidek, yurtimizda rivojlangan davlat va erkin jamiyat poydevorini barpo etiş uçun “Eng avvalo, ilm va ta’lim” degan oliy maqsad hayotga joriy etilmoqda. Zero, muqaddas islom dini ham insonni doimo ilmu ma’rifatga da’vat etadi. Şu bois, Islom sivilizatsiyasi markazining Uluğbek darvozasi peştoqiga Qur’oni karimning “Iqro!” – “Öqi!” degan muborak oyati muhrlab qöyilgani ramziy va teran ma’noga ega ekani aytildi.
Markazda Özbekistonning qadimiy tarixi va sivilizatsiyasi durdonalarini yagona ma’rifiy makonda köriş, şu asosda xalqimizning intellektual va madaniy salohiyatini yanada teran anglaş mumkin.
– Bu maskan bilan tanişgan har bir odam, xalqimiz, ayniqsa, yoşlarimiz islom dinining gumanistik mohiyatini anglab yetadi, özining qanday uluğ meros egasi ekanini his etib, qalbi ğurur va iftixorga töladi, – dedi Prezident.
Nafaqat yurtimiz, balki butun mintaqaning ma’naviy mulki bölgan bebaho boylikni çuqur örganiş va jahon miqyosida tarğib etiş maqsadida uni Islom sivilizatsiyasi degan nom ostida birlaştirişga qaror qilingani aytildi. Xalqaro ekspertlar e’tirof etganidek, bugun Özbekistonda islom sivilizatsiyasi merosini örganiş va tarğib etiş böyiça öziga xos katta ilmiy maktab şakllanayotgani, mamlakatimiz özining qançalik katta intellektual salohiyati borligini dunyoga namoyon eta olgani ta’kidlandi.
Prezident markazning kölami va imkoniyatlari haqida töxtalib, uşbu noyob majmua salkam 10 gektar hududda joylaşgani, binoning umumiy foydalaniş maydoni 50 ming kvadrat metrni taşkil etişini qayd etdi. Bu yerda “Özbekiston zaminida islomgaça bölgan davr”, “Birinçi va Ikkinçi Renessans”, “Yangi Özbekiston – Uçinçi Renessans poydevori” kabi ekspozitsiya zallari mavjud.
Muzey ekspozitsiyasini şakllantiriş va boyitiş böyiça ham katta işlar amalga oşirilib, ötgan yilning özida 1,5 mingdan ortiq eksponat, jumladan, 800 ga yaqin qadimiy qölyozma, arxeologik topilma va tarixiy xaritalar ekspozitsiyaga joylaştirilgan. Xorijiy auksion uylari, yirik kolleksionerlar va art-dilerlar bilan hamkorlik yölga qöyilib, 743 ta eksponatning asl nusxalari yurtimizga keltirilgani ta’kidlandi.
Markazning asosiy zali – muqaddas Qur’on zalida dunyodagi eng qadimiy oltita Qur’oni karimdan biri bölgan mötabar Usmon Muşafi özining yuksak maqomiga munosib şarafli örin topgan. Şuningdek, turli davrlarga oid nodir Qur’on qölyozmalari ham şu yerda jamlangan.
Qayd etilganidek, Islom sivilizatsiyasi markazi 2025 yilning özidayoq minglab xorijiy mehmonlarda katta qiziqiş uyğotdi. Ular orasida qator davlatlar prezidentlari, parlament va hukumat rahbarlari, deputat va senatorlar, vazirlar, elçilar, ilm-fan va jamoat arboblari, diniy taşkilotlar rahnamolari bor. Markazni loyihalaş, quriş va zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlaşda Fransiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, AQŞ, Birlaşgan Arab Amirliklari, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Malayziya, Ozarboyjon, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Markaziy Osiyo davlatlari va boşqa mamlakatlardan malakali mutaxassislar iştirok etdi.
Davlat rahbari uşbu majmuani bunyod etişga munosib hissa qöşgan loyihaçi va quruvçilar, muhandislar, olimlar, xorijiy hamkor va ekspertlarga, jumladan, Özbekiston madaniy merosini örganiş, saqlaş va ommalaştiriş böyiça butunjahon jamiyati a’zolariga, barça fidoyi insonlarga minnatdorlik bildirdi. Şuningdek, mazkur yirik va murakkab madaniy inşootni qurişda homiylik yordamini körsatgan mahalliy va çet ellik tadbirkorlar, madaniyat va sport namoyandalariga alohida rahmat aytildi.
– Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etişga kirişar ekanmiz, men, dunyoning qayerida bölmasin, tariximizga tegişli bir varaq qölyozma bölsa ham, bitta eksponat bölsa ham topib, yurtimizga olib kelişni orzu qilgan va şu vazifani örtaga qöygan edim. Ming şukrki, bugun ana şu maqsadimizga asta-sekin erişyapmiz. Bu işlarni, albatta, davom ettiramiz, – dedi davlat rahbari.
Jahonning turli mamlakatlarida saqlanayotgan noyob qölyozmalarni aniqlaş va örganiş uçun yangi xalqaro ilmiy ekspeditsiyalar taşkil etilişi ta’kidlandi. Bu işlarga mahalliy va xorijiy olimlar, yetakçi xalqaro ilmiy markazlar keng jalb etiladi.
Şuningdek, Markaz faoliyatini keng kölamda yölga qöyiş maqsadida bu yerda ICESCO, IRCICA, Oksford islom tadqiqotlari markazi, Fransiyadagi Temuriylar jamiyati, TURKSOY kabi xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlik asosida ofislar taşkil etilgani qayd etildi. Endi ular bilan hamkorlikni yanada kuçaytiriş uçun barça zarur şaroitlar yaratilişi belgilandi.
Markazda Özbekiston musulmonlari idorasi ham özining yangi qarorgohiga ega bölgani, bu yerda islom merosini çuqur örganiş, diniy xodimlar va imom-xatiblar malakasini oşiriş, xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.
Yaqin kelajakda BMT qarorgohida ham Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarining taqdimotlarini ötkaziş rejalaştirilgan.
Prezidentimiz markaz ma’naviy-ma’rifiy yönalişdagi faoliyat uçun fundamental baza bölişini alohida ta’kidladi. Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi talabalari yuqori kurslarda şu yerda öqişi, öqituvçi-domlalar esa öz bilimi va malakasini oşirişi nazarda tutilgan. Eng muhimi, markaz yoşlarimiz orasidan yangi xorazmiylar, beruniy va uluğbeklar, farğoniy va ibn sinolar, buxoriy va termiziylar yetişib çiqişi uçun mustahkam ma’naviy maydon bölişi kerakligi qayd etildi.
Şu munosabat bilan davlatimiz rahbari olim va tadqiqotçilar, şoir va adiblar, diniy ulamolar, rejissyor va rassomlar, jurnalistlar, ijodkor yoşlarga murojaat qildi:
– Bu tengsiz boylikdan ilhomlanib, sizlar yaratadigan ilmiy tadqiqotlar, badiiy kitob, kino va teatr asarlari, kartina va körsatuvlar uç ming yillik tarix va madaniyatning sönmas ovozi bölib dunyoga taralsin! Yangi Özbekistonni tinçlik, ezgulik, bilim va ma’rifat diyori sifatida olamga tarannum etsin! Xalqimiz, ayniqsa, yoşlarimiz uçun tarbiya va milliy ğurur maktabiga aylansin! – dedi prezident.
Sözining yakunida davlat rahbari Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi el-yurtimiz va jahon ahliga hamişa beminnat xizmat qiladigan tinçlik, ezgulik, bilim va ma’rifat maydoni bölib qolişiga işonç bildirdi.
Iftorlik marosimida Qur’oni karimdan tilovat qilindi. Muqaddas Ramazon oyida tutilayotgan rözalar, qilinayotgan ibodatlar qabul bölişi, Yaratgan Parvardigor xalqimizni va Vatanimizni öz panohida asraşini sörab, duolar qilindi.